Agar peshin namozining 4 rakatli sunnatini o‘qishga ulgurmasdan jamoat farzini o‘qishga majbur bo‘lsam. Farzdan keyin qaysi bir sunnatni o‘qiyman. 4 rakatli sunnatmi yoki 2 rakatli sunnatmi?
Aqiqa marosimini dasturxon yozib, odamlarni chaqirib o‘tkazish kerakmi yoki so‘yilgan qo‘yni kambag‘al, yetim, kam ta’minlangan oilalar, masjid va o‘z oilasiga teng taqsimlab, tarqatgan yaxshimi? Shariat bo‘yicha qaysi maqbul ish bo‘ladi?
Sovuq kunlarda sovuq suvda tahorat qilish o‘rniga tayammum qilsa bo‘ladimi?
Ko‘pchilik odamlar bankomatlar orqali plastiklaridagi pulni naqdlab olishayapti. Bunda plastik kartochkadagi 100.000 so‘m yechilsa, bankomat 100.000 so‘m naqd pul beradi. Lekin kartangizdan ushbu sammaning 1% ini ya’ni, 1000 so‘mni yechib oladi. Va xuddi shunday plastikdan plastikka pul o‘tkazganda ham shunday pul olib qoladi. Buni hukmi qanday bo‘ladi? Ribo emasmi?
Men 2012 yil uylanganman mahr berolmaganman. Hozir mahrini bermoqchiman o‘sha 2012 yildagi hisobdan beriladimi yoki hozirgi yil hisobidanmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Sigaret yoki nos cheksa tahorat buziladimi?
Farz namozini qazosini o‘qiyotganda 3-va 4-rakatlarda zam sura o‘qiladimi?
Qur’on eshitishga qiziqib qoldim alhamdulillah, lekin uyda (ya’ni, tinch joyda hech eshitishga sharoit bo‘lmayapti) eshitolmayapman, asosiy vaqtim ko‘chada o‘tadi. Yo‘lda quloqchin orqali Qur’on eshitib yursam yoki ba’zan kechalari yonboshlab eshitsam bo‘ladimi? Qo‘ldan kelgancha xayolimni bir joyga qo‘yishga harakat qilaman, lekin ko‘pincha insonlar Qur’onni o‘tirib tinchlikda tinglash kerak deyishadi. Bunda men qilayotgan ish to‘g‘rimi?
Chap qo‘lda tasbeh o‘girish joizmi, masalan, avtoulov haydaganda o‘ng qo‘l band bo‘lgan holatlarda?
Quyosh tikkaga kelgan vaqt qaysi soatga to‘g‘ri keladi?