assalamu aleykum! qurilishi endi boshlangan uy uchun, shartnomada investitsiya deb nomlanib, boshlangich tolov qilib, uyni topshirish vada qilingan sanagacha qolgan qismini bolib tolash uchun kelishuv qilganmiz. 1 xonalik uy, maqsadim keyin uni sotib yashash uchun 2 yoki 3 xonalik uy olish, zarurat bolib qolsa yashash. tolangan tolovlarim nisobdan oshadi, menga zakot vojib boladimi?
assalomu aleykum ustozlar , alloh ilmlaringni ziyoda qilsin , savollarim shundan iboratki 1) man savdo markazidagi magazinda ishlayman, bizni magazinimizda yani kompaniyamizdagi standartlar bo'yicha ish vaqti boshlanishidan toki tugashigacha qo'shiq qo'yilgan bo'ladi bu qo'shiqlar yani musiqalar hamma joyda eshitilib turadi , bazi vaqtlarda namozni magazindagi razdevalkada ( kiyim almashtirish xonasida ) o'qishga to'g'ri keladi , musiqani ovozi baland bo'lganligi uchun namoz o'qiyotganimda ham eshitilib turadi bu xolatda o'qilgan namozimni hukmi qanday ? 2) tahoratni ketma ketlik bilan sunnatga muvofiq olaman va artinib bo'lgandan keyin oxirida oyoqlarni yuvishga kelganda , plastik idish ( baklashkada ) suv to'ldirib xojatxonani o'ziga kirib oyoqlarni yuvaman yoki rakvinada yuvaman , shunda tahoratni ichida ortiqcha amallar qo'shilip qoladi yani oyoq kiyimni yechish paypoqlarimni yechib kiyish kabi , men bir videoda ko'rgandim yani bu holat tahoratga qusr yetkazadi deb shu holatda tahorat olishim joizmi sababi targovi sentirda tahoratga sharoit quvonarli holatda emas faqat xojatxona bor xolos . 3) men o'zi studentman va ishlayman ham , allahga shukur bo'sin yaxshi maosh ham olaman , kam bo'lsa ham ehson qilishni xoxlayman shuning uchun vaqf kabi xayriya tashkilotlarga pul o'tkazganim maqulmi yoki masjitni ehson qutisiga tashlaganim , sababi bazi xollarda xayriya tashkilotlari ishonchsizdek tuyuladi . 4 ) meni yoshim 21 da o'rtacha 3 mln oylik olaman yaqinda lavozimim oshsa undan ham ko'p, shunda men zakot berishim qanday bo'ladi masalan qancha mablag' berishim kerak . barcha savollarim o'zim uchun berdim , uzr ozgina ko'payib ketdi savollarim, javoblar uchun oldinda raxmat , alloh ilmlaringni ziyoda qilsin.
Bir hadis eshitdim, masjidda gaplashmang, aks holda 27 yil qilgan ibodatingiz o‘chib ketadi, deyishdi. Bu qanchalik ishonchli hadis?
Birov qarz so‘rasayu men bersam, bu ham yaxshilikmi? Savobi qanday? Keyinchalik pulimni ololmasamchi?
Hijriy hisobda qaysi oydan keyin qay biri kelishini bilmayman. Iloji bo‘lsa hamma oylarni nomi bilan bilishni xohlardim. Oldindan rahmat!
Ba’zi kishilar yurtimizda urf bo‘lgan ehson qilib, oxirida tilovati Qur’on qilish shariatda yo‘q, marhumlarga uni savobi yetmaydi, bu bid’at, faqat duo qilish mumkin, deyishmoqda. Shariatimizda bu haqida nima deyilgan?
Imom Bomdodning farzini boshlagan paytda masjidga kelgan kishi bomdodning sunnatini o‘qiydimi yoki uni o‘qimasdan imomga iqtido qiladimi?
Tuya bo‘talog‘i siydigini tuya sutiga qo‘shib ichsa hamma kasalga davo bo‘lar ekan deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi, axir siydik haromku! Uni ichsa gunoh bo‘lmaydimi? Javob uchun rahmat!
Qur’oni karimni kirill alifbosida yozish mumkinmi? Iltimos, batafsil javob bersangiz.
Safar oyida to‘y qilsa bo‘ladimi? Iltimos shu haqida ma’lumot bersangiz.