assalamu aleykum! qurilishi endi boshlangan uy uchun, shartnomada investitsiya deb nomlanib, boshlang`ich to`lov qilib, uyni topshirish va`da qilingan sanagacha qolgan qismini bo`lib to`lash uchun kelishuv qilganmiz. 1 xonalik uy, maqsadim keyin uni sotib yashash uchun 2 yoki 3 xonalik uy olish, zarurat bo`lib qolsa yashash. to`langan to`lovlarim nisobdan oshadi, menga zakot vojib bo`ladimi?
Va alaykum assalom va rohmatulloh va barokatuh. Uyni olishdan bosh maqsadingiz uni qayta sotish, mabodo zarurat bo‘lib qolsa, yashash bo‘lsa, bu tijorat maqsadida sotib olingan uy bo‘ladi. Bundan hozircha zakot bermay turasiz, qachon uy sizga topshirilsa, o‘shanda o‘tgan muddat uchun zakot berasiz. Ya’ni shartnoma tuzgan vaqtingizdan boshlab uyni qabul qilib olguningizcha necha yil o‘tgan bo‘lsa, shu yillar uchun zakot berasiz. Zakotni hisoblashda shartnomada ko‘rsatilgan narx (to‘lagan pullaringiz emas) e’tiborga olinadi. Shu bilan birga o‘tgan har yilning zakotini hisoblashda bir yil ichida to‘lashingiz kerak bo‘lgan qarz summasini ayirib tashlaysiz. Masalan, uy narxi 500 mln qilib belgilangan, umumiy qarzingiz 300 mln, ammo undan 100 mln.ni bu yil to‘lashingiz kerak bo‘lsa, siz 400 mln.dan zakot berasiz (uy narxi 500mln.dan bu yil to‘lanishi kerak bo‘lgan qarz 100 mln.ni ayirib). Vallohu a’lam.