Assalomu alaykum. Namozda fotihadan keyin yoki zam suraning oʻrniga masalan, Yasin surasining 1-7 oyatlarini oʻqisa boʻladimi
Assalamu alaykum savolim shuki qazo namozlarida azon va takbir aytiladimi?
Assalomu aleykum domla meni bitta tanishim sartarosh xona qurdi o'zi sartarosh. O'sha qurgan sartaroshxonasi 40.000.000 ga tayyor bo'ldi. Keyin menga kelib, "menga 40.000.000 ber, men arendaga ishlataman, senga arenda tulayman", dedi. Menga beradigan arenda puli halolmi
Assalomu alekum Va Rahmatullohi va barakotuh menda savol bor edi men Instagramda video joylayman meni yoʻnalishim shuki Youtubeda boy odamlar bergan intervyusini kesib qisqa manoli joyini instaga qoʻyaman aniqrogʻi endi shu yoʻnalish boshlamoqchiman Bu ishim halolmi shuni orqasidan topgan pulim halol boladmi, shariatda qanday shuni bilmoqchi edim.
ASD 2 (Dorogovning ASD-2 fraktsiyasi), 100 ml.lik preparat xalolmi? Ushbu preparatni inson ichishi (kabul kilishi) nimalarga olib keladi va gunox emasmi? Kaysi xolatda ushbu preparatni inson ichishi mumkin?
Nikohdan keyin kuyov hech kim bilan so'rasha olmaydimi?
Assalamu a'laykum Hadisda hijob ostidagi sochni yig'ib tuyani o'rkachiga o'xshatish la'natlangan deyilgan. Shunda sochni orqa tarafga yoyib olish kerakmi? Shar'iy hijob qanday bo'lishi kerak? Javob uchun rahmat
Assalomu alaykum salomatmisizlar savolim shuki, bir odam oʻz ilmidan foydalanib bir darslik qildi — online darslik. Uni hammaga pulga sotyapti. Lekin boshqa bir odam uni saytini yoki telegramini buzib kirib, soʻramasdan u ilmni oʻrgansa boʻladimi? Javob uchun oldindan rahmat
Ustoz men bir odamning kartasiga so'm otkazib bersam, va u menga u pulning qiymatini AQSH do'llarida bersa qabz shart qilinadimi, yoki pulni kartasiga o'tkazib qo'yib qachon bo'lsa xam undan dollarni olib olsam boladimi? Raxmat!
Assalomu alaykum, so‘ramoqchi bo‘lgan savolim Chet elda bir firmada oziq-ovqat omborida ishlaymiz, oylik olish paytida firma tomonidan asossiz ravishda biz qilmagan bo'lsakda buzilgan, singan, zarar yetgan maxsulotlar uchun pul ushlab qolishadi, ya’ni qilmagan ishimiz uchun jarima to‘laymiz (shtraf), biz esa asossiz olgan jarimasi uchun shu ombordan maxsulotlarni so‘ramasdan olib yeymiz (ya’ni o‘zimizcha raschet qilamiz). Bu ishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi