ASD 2 (DOROGOVNING ASD -2 FRAKTSIYASI)

ID: 2669

19.09.2025

612

Savol:

ASD 2 (Dorogovning ASD-2 fraktsiyasi), 100 ml.lik preparat xalolmi? Ushbu preparatni inson ichishi (kabul kilishi) nimalarga olib keladi va gunox emasmi? Kaysi xolatda ushbu preparatni inson ichishi mumkin?

Javob:

ASD-2 preparatining hukmi uning qanday usulda so‘yilganiga va qanday hayvondan tayyorlanganiga bog‘liq. Agar shar’iy so‘yilgan halol hayvondan bo‘lsa, iste’moli joiz. Aksi bo‘lsa, bu preparat hayvon go‘shti va suyaklarini yuqori haroratda qayta ishlash orqali olingani sababli, agar bu jarayonda uning asliyati va xususiyatlari butunlay o‘zgarib, yangi moddaga aylangan bo‘lsa, u pok hisoblanib, iste’mol qilish joiz bo‘ladi. Ammo bu jihati bizga ma’lum emas.

Ikkinchidan, agar istihola yuz bermagan deb topilsa va preparatning asli nopok hayvon bo‘lsa, uni faqat zarurat holatidagina iste’mol qilish mumkin. Buning uchun boshqa halol muqobil davo vositasi mavjud bo‘lmasligi, uning foydasi aniq va malakali musulmon shifokor tavsiyasi bo‘lishi shart. Bunday holatda bemorning sog‘lig‘ini saqlash uchun ruxsat etiladi va gunoh hisoblanmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar