Assalomu alaykum. Namozda fotihadan keyin yoki zam suraning oʻrniga masalan, Yasin surasining 1-7 oyatlarini oʻqisa boʻladimi
Namozda Fotiha surasidan so‘ng Yasin kabi uzunroq suradan bir necha oyat o‘qish joizdir. Bunda zam sura vojibi ado bo‘lishi uchun o‘qilgan oyatlar miqdori kamida uchta qisqa oyat yoki shunga teng keladigan bir uzun oyat bo‘lishi kerak. Shunga qaramay, fuqaholar to‘liq bir surani o‘qishni afzal amal deganlar.