Man ayolim xayz vaxtida taloq qilgan edim keyin 1 oydan keyin yana taloq qilishimni söradi jaxlimni qastdan chiqardi taloq berishim uchun man taloq dedim yana lekin bu safar xayz holatida emas edi, endi 2 marta taloq qilgan bölamanmi yoki xayz vaxtida aytganim uchun bitta taloq hisoblanadimi? Shuni batafsil tushuntirsangiz
Assalomu alaykum Eri yo‘q ayolning o‘g‘il farzandi voyaga yetmagan bo‘lsa, u ayolga mahram hisoblanadimi, ya’ni umraga birga borsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Sizlardan bir masalani so‘ramoqchi edim, ya’ni tahorat haqida. Men shamollanib qoldim va burnim ko‘p oqadi. Burnimni qoqqanimda burun shilliq qavatida sarg‘ayish bilan qizillikni (ya’ni qonni) ko‘raman va bu har tahoratimda yuz beryapti. Men boshqatdan tahorat olib (ba’zi payt 2-3 marotaba) namozimni o‘qiyapman va bu meni qiynayapti. Shu ishim to‘g‘rimi? Javobingiz uchun rahmat!
Assalomu alaykum savolimni mazmuni shundan iboratki qo‘qonda oshqovoq deyiladi shu sabzavotni o‘g‘irlab yesa bo‘ladi degan gap bor shu qanchalik dinimizda rost nimadir sabab bilan o‘g‘irlik qilish mumkinmi Javob uchun oldidan rahmat
Assalomu alaykum. YEngni shimargan holda namoz o‘qish makruhmi?
Assalomu alaykum meni ko'p qavatli uylarda bir xonali uyim bor uni ijaraga berib foydalanishim mumkinmi? Uni puli man va farzandlarim uchun xalolmi va bir yil tulganda shu uy uchun xam zakot beramanmi? Xozir u uyni olganimizga 4yildan oshdi biz uni pulini oilaga ruzgorga ishlatamiz shu ishim tugrimi .? Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Assalamu alaykum ustozlar. Ikki mashina o‘rtasida yo‘l hodisasi yuz bersa, aybdor odam ikkinchi odamning mashinasiga yetgan zararni qoplab beradi, ta’mirlash harajatlarini o‘z bo‘yniga oladi. Lekin mashina ta’mirlangandan keyin albatta bozordagi narxi ham tushadi va aybsiz deb topilgan odam zarar ko‘radi. Mana shu zararni aybdor odam qoplab berishi kerakmi? Chunki ba’zi o‘rinlarda mashinaning narxi katta miqdorda tushib ketadi. Rahmat javob uchun!
Assalomu aleykum ustozlar bazi bir ahli ilimlarni eshtidim va aqidatu tahoviyada bor ekan dalilari paygambarimizni ota onalarini Alloh ruhlarini tiriltirib kechirgan degan gaplarini Shugap rostmi? rost bo'lsa dalilini aytsangizlar. Paygambarimiz ota onalari Ahli fitrat degan gapni men o'qidim. biz ahli sunnadagilar ikkalasini ham shu masalada so'ragan odamlarga javob bersag bo'ladimi?
Assalomu alaykum men birinchi ayolim bilan ajrashganman, lekin taloq qo‘ydim deb aytmaganman. Keyin uni ko‘rishni ilojisi bo‘lmaganligi sababli o‘zim uyda taloq qo‘ydim deganman. Endi unga taloq tushadimi, meni shariy ayolim emasmi hozir
Assalomu alaykum. Biz birovning kvartirasida ijarada yashaymiz. Qachondir u yerdan ketadigan bo‘lsak va o‘zimizniki bo‘lgan biron uy jihozini savob umidida bizdan keyin keladigan kimdir foydalanishi uchun uy egasiga tayinlab qoldirib ketsak bu narsa vaqf hisoblanadimi?