Assalomu alaykum men birinchi ayolim bilan ajrashganman, lekin taloq qo‘ydim deb aytmaganman. Keyin uni ko‘rishni ilojisi bo‘lmaganligi sababli o‘zim uyda taloq qo‘ydim deganman. Endi unga taloq tushadimi, meni shariy ayolim emasmi hozir
Va alaykum assalom. Taloqni xotin eshitishi shart emas. Er o‘zi eshitar darajada taloq aytsa xotiniga taloq tushadi.