QON VA TAHORAT

ID: 3230

12.10.2025

426

Savol:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Sizlardan bir masalani so‘ramoqchi edim, ya’ni tahorat haqida. Men shamollanib qoldim va burnim ko‘p oqadi. Burnimni qoqqanimda burun shilliq qavatida sarg‘ayish bilan qizillikni (ya’ni qonni) ko‘raman va bu har tahoratimda yuz beryapti. Men boshqatdan tahorat olib (ba’zi payt 2-3 marotaba) namozimni o‘qiyapman va bu meni qiynayapti. Shu ishim to‘g‘rimi? Javobingiz uchun rahmat!

Javob:

Burun shillig‘iga aralashib chiqayotgan oz miqdordagi qon yoki qon bo‘laklari tahoratni buzmaydi. Fiqhga ko‘ra, tahorat sinishi uchun suyuq qon shilliqdan miqdoran ko‘p bo‘lishi kerak. Agar qon qotib qolgan bo‘lakcha, laxta holida tushsa, u tahoratni buzmaydi, chunki u "oquvchi qon" hisoblanmaydi. Sizning holatingizda qon miqdori oz va oquvchi emas, shu sababli har safar tahoratni yangilashga hojat yo‘q.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar