3 yoki 4 rakatli farz namozlarda 2 rakatdan soʻng attahiyatni aytishni unutib turib ketsa sajdaiy saf qilsa boʻladimi yoki namoz buziladimi?
Hurmatli ustozlar, namozni o‘zi eshitadigan darajada o‘qish kerakligini o‘qigandim, lekin jamoat bilan namoz o‘qiyotganda qiroatim boshqalarga ham eshitinadi, shunda namozim jahriy bo‘lib qolmaydimi? Agar yolg‘iz shunday o‘qisam chi? 2) Agar mahfiy qiroatdagi bazi so‘zlar o‘ziga eshitilmasa namoz durust bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun rahmat!
Dinimiz suv ichishni - utirib, 3 xuplab, shoshmasdan ichishni tavsiya bergan. Manda shu masalani oydinlatish uchun savol tugildi - Utirish aynan kanday shaklda bulish kerak (kursida utirib, chordona kurib, chap oyogini kukrak va koringa tekkizgan xolatda ung oyokni ostiga tushak kilib utrib, bavil kilgan xolatdagi singari utirib)? - Xuplab ichish kanday shaklda bulish kerak (yutumlar orasida kancha soniyalar utish kerak, ichib bulgandan sung kancha vakt turmaslik kerak)?
Assalamu alaykum, bir ma'lumotni bilib qoldi. Xo'jalik sovuni, ya'ni xalq tilidagi kir sovunlarga 3 xil ko'rinishda yog' bo'lishi mumkin ekan: 1. Cho'chqa yog'i 2. Cho'chqadan boshqalar hayvondan olingan yog' 3. O'simliklardan olingan yog'. Savol shundan iboratki, birinchi 2 turdagi yog'lar qo'shilgan kir sovunlarni ishlatish joizmi?
Assalomu alaykum. Tayammum qilib qur'on ushlasa buladimi
Assalomu alaykum men hozirda musofirman omborxonada ishlayman. Taxorat olganda istinjoni qog'ozda qilsa bo'ladimi tualetga suv olib kirish bo'lmay qoladi ba'zida
Assaalomu aleykim! Quron eshitilganda uni eshitish vojib amal degan ma'noda eshitgan edim. Bozor va shunga o'xshash joylarda Quronni audiosini qo'yib qoygan bo'lsa, uni eshitib oldidan o'tgan odam gunohkor bo'ladimi? Agar gunohkor bo'lsa, bundey xolatlarda nima qilish kerak?
Assalomu alaykum.Men Suniy intelekt orqali video va rasm tayyorlayman.Yani buyruq asosida odam yaratib harakatlantirib ovoz berolaman hattoki tarixiy shaxslarga nisbatan ham shunday qilolaman va bu kasbimni boshqalarga ham o'rgatmoqchiman yani zamonaviy kasbni o'rgansin qolganlar ham va foydalanishsin deb.Lekin men bir manbani ko'rib qoldim. "Islomda jonli mavjudot (odam, hayvon) tasvirini chizish yoki haykalini yasash masalasida ehromlik (man etilganlik) haqida hadislar mavjud. Rasululloh ﷺ dedilar: “Eng og‘ir azob tortuvchilar — Allohning yaratganini taqlid qiluvchilardir.” (Imom Buxoriy, Muslim rivoyati)" Shundan so'ng ikkilanib qoldim yani men qilayotgan ish joizmi yoki joiz emasmi deb?Tanish domlalarga savolni bergan edib har hil javoblar oldim.Shu sababli iltimos aniq javob bersangiz
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim shundan iborat: Masalan, menda 1500 dollar mablag‘ bor. Shu pul evaziga bir telefon olib-sotish ishida sheriklik qilmoqchiman. Lekin men faqat pul bilan ishtirok etaman, savdo jarayoniga aralashmayman. Shunday holatda, shariatga muvofiq sog‘lom sheriklik bo‘lishi uchun qanday shartnoma tuzishim kerak bo‘ladi? Oldindan javobingiz uchun rahmat. Alloh ilm va barakangizni ziyoda qilsin.
Assalamu aleykum Alloh ilimlaringizni ziyoda qilsin, Balog'atga yetganman uyda onam bilan yolg'iz yashayman onam boshqa xonada man boshqa xonada uxlayman, bundan onam ranjib qolyabdilar, shunda nima qilishim kerak