SHERIKLIK SAVDO

ID: 3690

29.10.2025

89

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Savolim shundan iborat: Masalan, menda 1500 dollar mablag‘ bor. Shu pul evaziga bir telefon olib-sotish ishida sheriklik qilmoqchiman. Lekin men faqat pul bilan ishtirok etaman, savdo jarayoniga aralashmayman. Shunday holatda, shariatga muvofiq sog‘lom sheriklik bo‘lishi uchun qanday shartnoma tuzishim kerak bo‘ladi? Oldindan javobingiz uchun rahmat. Alloh ilm va barakangizni ziyoda qilsin.

Javob:

Va alaykum assalom. Pul bir tomondan, mehnat ikkinchi tomondan bo‘ladigan tijorat shariatimizda Muzoraba deyiladi. Muzorabada ko‘rilgan foyda o‘zaro kelishuvga ko‘ra taqsim qilinaveradi. Zarar esa pul tikuvchi tomonidan qoplanadi. Shu qoidaga ko‘ra o‘zaro yozma shartnoma qilib ishlashingiz mumkin. Ammo muzoraba masalasi bir qancha tafsilotga ega bo‘lgani sababli Siz 781503344 raqamidagi Koll markazimizga qo‘ng‘iroq qilib to‘liqroq ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar