> Assalomu alaykum, hurmatli muftiy. Mening qizim 8 haftalik homilador edi. Uning qo‘lida 6 oylik chaqalog‘i bor. Shifokorlar aytishicha, agar jarrohlik yo‘li bilan bola tug‘ilsa, bachadoni yirtilib, hayoti xavf ostida qoladi, homila esa baribir o‘lik tug‘iladi. Shu sababli shifokor tavsiyasi bilan tabletka yordamida homila tushirildi. Bu ish faqat hayotni saqlab qolish uchun, tibbiy zarurat bilan amalga oshirilgan. Shu holatda shariat nuqtai nazaridan bu gunoh sanaladimi yoki zarurat sababli joiz hisoblanadimi? Rahmat. Aloqa uchun: [ismingiz] – [telefon raqamingiz 90 442 9760
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! Ayollarga dinimizda baland poshnada taqqillatib yurish mumkin emasku. Hozirda tagi qattiq va baland oyoq kiyimlar chiqqan. Ulardan taqqillamaydiganlarini kiysam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum, yaxshimisizlar? Men uylanganman, shariatga muvofiq shu yil bahorda nikohdan ham o‘tganman. Nikoh o‘qilayotgan paytda domla mendan "Mahrga nimangiz bor?" deganda, men tilla uzuk berganimda, uzukni narigi tomonga berib, "Rozimikan?" deganda, "Ha, roziman" degan edi. Endi savol: men bu holatda mahrni to‘la ado etgan bo‘lamanmi? Yoki qizdan ham "Mahrga nima xohlaysiz?" deb so‘rash kerakmi?
Assalomu alaykum! 11 oylik qizalog‘im bor. O‘zim bilmagan holda, Alloh izni ila yana ikkinchi farzandimga ham homilador bo‘lib qoldim. Qizalog‘imni homilam necha oylik bo‘lgach, emizishdan chiqarishim mumkin va bu uchun menga gunoh yozilmaydimi? Hozirda homilam hali 1 yarim oylik.
Assalomu alaykum. Men qaynona-qaynotam bilan birga yashayman. Qaynonamning gepatit S kasali va qandli diabetlari bor. Qachon qarama, kasallar. Shu sababli doim dori-ukoldalar. Gepatit kasalligidan davlatdan nafaqa olmoqchi bo‘ldilar. Uning uchun hujjatlarini tayyorlashda rost bilan birga pora va yolg‘on ham aralashdi. Hujjatga "sirroz" deb yozdirdilar. Lekin chindan ham doim davolanib turadilar. Shu tayinlangan nafaqa pullari qanchalik halol? O‘sha puldan o‘z ixtiyorlari bilan menga va mening bolalarimga nimadir olib bersalar yoki yedirsalar joizmi?
Shaxmat musobaqalari tashkil qilishyapti. Qatnashish 50 000 so‘mdan, ammo hech qanday xalqaro rasmiy reyting ballari berilmaydi, shunchaki turnir. Mukofotga umumiy yig‘ilgan pulning, ya’ni qatnashuvchilarning bergan pullarining 60% qo‘yilgan. Bunday holatda bu narsa qimor bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Menda shunaqa bir muammo bor. 5 mahal namozni to‘liq o‘qiy olmayapman, qaysidir payt charchab yoki boshqa sabablar bilan qoldirib qo‘yapman. Shunga nima maslahat yoki tavsiya berasiz?
Allohga hamd, sevikli Nabiyimizga cheksiz salavotlar, muborak ahllariga salomlar bo‘lsin. Bilamizki, qiz va o‘g‘il farzandlar ota-onani norozi qilib Jannatga yetolmaydi. Aytingchi, qiz farzandlar turmushga chiqqandan keyin bu sharafli mas’uliyat o‘zgarmaydimi?
Assalamu alaykum, ustozlar! Meni bir savol juda qattiq qayg‘uga solyapti. Men katta gunoh ish qilganman. Balog‘at yoshimda chet davlatga ketganman. Diniy tushuncham bo‘lmagani sababli zino qilganman – g‘ayridin ayol bilan. O‘rtada bola bo‘lib qolgan, lekin u ayol "sendan emas" deb turib olgan. Lekin men aniq bilamanki, u mendan. Savolim shuki, men juda qattiq afsusdaman qilgan ishlarimdan. Alloh rahm qilib, hidoyat berdi menga. Besh mahal namozlarni o‘qiyapman, Allohga shukr. Har namozda tavba qilyapman, lekin qalbimda og‘riq bor: "Alloh meni kechiradimikan" deb. Yoki qanday yo‘l tutishim kerak bu yog‘iga? Uzr savolim uchun.
Assalomu aleykum ustozlar. O‘zbekiston fond bozori, ya’ni birja savdolarida ishtirok etib aktsiya sotib olish (agar korxona faoliyati shar’iy halol bo‘lsa) mumkinligi xaqqida shayh hazratlarining zikr ahlidan so‘rang saytida o‘qigan edim, lekin aktsiyalar ikki turga bo‘linganligi sababli oddiy aktsiyalardan olingan divident va foydalar halol, imtiyozli aktsiyalardan olinadigan dividentni esa xarom deyishmoqda. Shu masalada ilm ahli fatvolari to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. Alloh Ta’olo ilmingizni ziyoda qilsin. Rahmat.