HALOL XAROM MASALASI

ID: 3748

30.10.2025

95

Savol:

Shaxmat musobaqalari tashkil qilishyapti. Qatnashish 50 000 so‘mdan, ammo hech qanday xalqaro rasmiy reyting ballari berilmaydi, shunchaki turnir. Mukofotga umumiy yig‘ilgan pulning, ya’ni qatnashuvchilarning bergan pullarining 60% qo‘yilgan. Bunday holatda bu narsa qimor bo‘lib qolmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, bu holat qimor hisoblanadi. Fiqhga ko‘ra, musobaqada ishtirokchilarning o‘zlaridan yig‘ilgan pullarni mukofot sifatida taqsimlash qimor deyiladi. Zero, bunda har bir ishtirokchi o‘z pulini "tikib", boshqalarning pulini yutib olish ehtimoli uchun xatarga qo‘ymoqda. Agar mukofot jamg‘armasi ishtirokchilardan emas, uchinchi tomon, ya’ni homiy tomonidan moliyalashtirilsa, bu holatda qimor bo‘lmas edi. Shu sababli, bunday musobaqada qatnashish dinimiz ahkomlariga ko‘ra durust emas. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar