Erkaklar ehromda o‘ng yelkasini ochib, chap yelkasini yopib Kab’ani tavof qilishadi. Shu holatda namoz o‘qishning zarari yo‘qmi?
Qattiq sovuq bo‘lganidan suvlar muzladi. Natijada baliqlar ham muzlab o‘lib qoldi. Suvda muzlab o‘lgan baliqni yesa bo‘ladimi?
Haj yoki umrada tahoratsiz sa’y qilsa nima bo‘ladi?
Tavofdan keyin maqomi Ibrohim orqasida ikki rakat namoz o‘qish kerak ekan. Biz tavofni qilib bo‘lib, shu namozni o‘qishni unutib, Safo-Marvaga sa’y qilishga ketib qolibmiz. Ehromdan chiqqandan keyin namoz o‘qimaganimiz esga tushdi. Shu holda nima qilishimiz kerak bo‘ladi?
Harom mahsulotlar istemol qilingan qoshiq yoki idishlarni bir ikki suvda yuvib tashlab ishlatsa bo‘laveradimi?
Men har kuni bomdod namozini uyda o‘qiyman. Kunduzi tirikchilik sababli ko‘pincha peshin, asr va shom namozlarini o‘qiy olmayman. Xufton namozidan keyin ushbu namozlarni qazo qilib o‘qisam bo‘ladimi? Buning zarari yo‘qmi?
Men ovchilik bilan shug‘ullanaman. Sochma o‘q bilan ovlangan qushlarni yesa bo‘ladimi? Chunki sochma o‘qlarning uchi to‘mtoq bo‘ladi. Eshitishimcha, o‘q uchli, tig‘li bo‘lishi shart ekan.
Men qassobchilik bilan shug‘ullanaman. Dinimizda homilador hayvonni so‘yish yoki so‘ymaslik borasida nimalar deyilgan?
Umrada ham vidolashuv tavofi bo‘ladimi?
Men ayol kishiman. Sochim kimyoviy yo‘l bilan davolanganimda to‘kilib ketib, hozirda ozgina o‘sib qolgan. Yaqinda umraga bormoqchiman. Ehromdan chiqishda ayollar sochini qirqar ekanlar. Men shu holatimda ehromdan qanday chiqaman?