KURSIDA NAMOZ O'QISHNING HUKMI

12.12.2025

4280

fatwa

بسم الله الرحمن الرحيم

Musulmon banda dinimizda buюrilgan ibodatlarni o'zining kuch-imkoniyatiga qarab ado etadi. Bu haqda Qur'oni karimda shunday deyilgan:

لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا

«Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani buюrmaydi» (Baqara surasi, 286-oyat).

Alloh taolo insonning toqati etmaydigan o'rinlarda turli engilliklar bergan. Jumladan, bemor odam namozning birorta ruknini ado eta olmasa, hukmlar osonlashishiga sabab bo'ladi. Masalan, namozni tik turib o'qiy olmaydigan kishi uchun asl qoida – namozni o'tirib o'qishdir. Tik turib o'qiy olmagan odam sunnatda ko'rsatilganidek o'tira olsa, shunday qiladi, lekin bunga ham qodir bo'lmasa, o'ziga qulay bo'lgan holatda o'tirib o'qiydi. Masalan, tiz cho'kib, chordona qurib yoki oyoq uzatib o'tirib o'qiydi.

Lekin bemor odam namozni tik turib, ruku va sajda qilib o'qiy olsa, sog'lom odam hukmida bo'ladi, bunday odamning o'tirib, imo-ishora bilan namoz o'qishi durust bo'lmaydi («Muhitul Burhoniy»).

Bu borada quyidagi hadisi sharifni keltirib o'tish mumkin.

قَالَ كَانَتْ بِي بَوَاسِيرُ فَسَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ الصَّلَاةِ فَقَالَ صَلِّ قَائِمًا فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقَاعِدًا فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَعَلَى جَنْبٍ

Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Menda bavosir bor edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan (shu holatda) namoz o'qish haqida so'ragan edim, shunday dedilar: «Namozni tik turib o'qigin. Bunga qodir bo'lmasang, o'tirib o'qigin. Bunga ham qodir bo'lmasang, yonboshlab o'qigin» (Imom Buxoriy rivoyati).

Namozning farzlaridan biri qiyom, ya'ni tik turishdir. Farz amal uzrsiz tark qilinsa, namoz durust bo'lmay qoladi. Shuning uchun hech bo'lmaganda takbiri tahrimani yoki undan keyin qiroatning bir qismini bo'lsa ham tik turib qila oladigan kishiga bu narsa farz bo'ladi, keyin ko'p tik tura olmasa, davomini o'tirib o'qiydi.

وَإِنْ قَدَرَ عَلَى بَعْضِ الْقِيَامِ قَامَ بِأَنْ كَانَ قَادِرًا عَلَى التَّكْبِيرِ قَائِمًا أَوْ عَلَى التَّكْبِيرِ وَبَعْضِ الْقِرَاءَةِ فَإِنَّهُ يُؤْمَرُ بِالْقِيَامِ قَالَ شَمْسُ الْأَئِمَّةِ هُوَ الْمَذْهَبُ الصَّحِيحُ ، وَلَوْ تَرَكَ هَذَا خِيفَ أَنْ لَا تَجُوزَ صَلَاتُهُ

«Kishi ma'lum darajada tik turishga qodir bo'lsa, masalan, tik turib takbiri tahrima aytishga yoki takbiri tahrimani aytib, qiroatning bir qismini o'qiy olsa, (o'sha miqdorcha) tik turishga buюriladi.

Shamsul-aimma: «Mana shu – mazhabdagi eng to'g'ri gapdir», deganlar.

Agar bu odam namozda shu miqdorda turmasa, namozi durust bo'lmay qolishi xavfi bor» («Durarul-hukkom»).

Demak, oz bo'lsa ham tik turib namoz o'qiy oladigan odam shu miqdorda tik turishi shart. Bu haqda Imom Kosoniy rohimahulloh shunday deydilar:

شَرْطُ صِحَّةِ التَّكْبِيْرِ أَنْ يُوْجَدَ فِي حَالَةِ الْقِيَامِ فِي حَقِّ الْقَادِرِ عَلَى الْقِيَامِ، سَوَاءٌ كَانَ إِمَامًا أَوْ مُنْفَرِدًا أَوْ مُقْتَدِيًا، حَتَّى لَوْ كَبَّرَ قَاعِدًا ثُمَّ قَامَ لاَ يَصِيْرُ شَارِعًا، وَلَوْ وُجِدَ الْإِمَامُ فِي الرُّكُوعِ أَو السُّجُودِ أَو الْقُعُودِ يَنْبَغِيْ أَنْ يُكَبِّرَ قَائِمًا ثُمَّ يَتْبَعُهُ فِي الرُّكْنِ الَّذِي هُوَ فِيْهِ، وَلَوْ كَبَّرَ لِلْاِفْتِتَاحِ فِي الرُّكْنِ الَّذِيْ هُوَ فِيْهِ لاَ يَصِيْرُ شَارِعًا لِعَدَمِ التَّكْبِيْرِ قَائِمًا مَعَ الْقُدْرَةِ عَلَيْهِ .

«Tik turishga qodir bo'lgan imom uchun ham, yolg'iz namoz o'qiyotgan odam uchun ham, iqtido qilgan odam uchun ham namozga kirishdagi takbirni aytishning sharti – bu takbirni tik turgan holatda aytishdir. Tik turishga qodir odam o'tirgan holida takbir aytib, keyin turib o'qisa, namozga kirgan hisoblanmaydi. Imom ruku, sajda yoki qa'dada bo'lsa, namozga endi qo'shilayotgan odam takbirni tik turib aytib, keyin imomga ergashishi shart. Imom sajda yoki qa'dada turganida kelib iqtido qilgan odam o'tirib olib, keyin takbir aytsa, namozga kirishgan bo'lmaydi, chunki u qiyomga, ya'ni tik turishga qodirdir» («Badoi'us sanoi'»).

Namozda tik tura olmaydigan odam ruku va sajda qilishga qodir bo'lsa, o'tirgan holida ruku va sajda qiladi, ya'ni uning erga sajda qilishi farzdir. Lekin tik tura olmaydigan, o'tirib ruku va sajda qila oladigan odam kursiga o'tirib olsa, u yana bir farzni – erga sajda qilishni ham tark qilgan bo'ladi.

Bu haqda «Fatovoi Tatarxoniya» kitobida shunday deyiladi:

وَإِنْ عَجَزَ عَنِ الْقِيَامِ وَقَدَرَ عَلَى الْقُعُودِ، فَإِنَّهُ يُصَلِّي الْمَكْتُوبَةَ قَاعِداً بِرُكُوعٍ وَسُجُودٍ، وَلاَ يُجْزِئُهُ غَيْرُ ذَلِكَ

«Tik tura olmaydigan, lekin o'tira oladigan odam farz namozlarni o'tirgan holda ruku va sajda qilib o'qiydi. Bundan boshqacha o'qish unga joiz emas».

Bir kishi tik turishga ham, sajda va rukuga ham qodir bo'lmasa, o'tirgan holatda, imo-ishora bilan namoz o'qiydi. Sajdaga qilgan imo-ishorasi rukuga qilgan ishorasidan ko'proq bo'ladi, ya'ni pastroq egiladi.

وَإِنْ تَعَذَّرَا مَعَ الْقِيَامِ أَوْمَأَ بِرَأْسِهِ قَاعِدًا إِنْ قَدَرَ، وَجَعَلَ سُجُودَهُ أَخْفَضَ مِنْ رُكُوعِهِ

«Ruku-sajda qilish ham, tik turish uzrli bo'lsa, namozni o'tirgan holatda, boshi bilan imo-ishora qilib o'qiydi, sajdasini rukusidan pastroq qiladi» («Muxtasarul viqoya»).

Shu erda eslatib o'tamizki, tik tura olmaydigan odam deganda tik tursa qattiq og'riq sezadigan, kasalligi kuchayib ketadigan yoki tuzalishi kechikib ketadigan kishilar ham tushuniladi («Muhitul-Burhoniy»).

Mana shunday bemorlar, ya'ni turishga ham, ruku-sajdaga ham qodir bo'lmagan kishilar kursiga o'tirib namoz o'qishlari durust bo'ladi, chunki ular tik tura olmagani uchun, erga sajda qila olmagani uchun kursiga o'tirib, imo-ishora qilib o'qisa, imkon darajasidagi ishni qilgan bo'ladilar. Lekin afzali – erga o'tirib imo-ishora qilishdir, chunki ruku-sajda qila olmaydigan odam tik turib imo-ishora qilganidan ko'ra erga o'tirib, imo-ishora qilgani afzaldir.

«Muxtasarul-viqoya» kitobida tik tura oladigan, lekin ruku va sajda qila olmaydigan bemorlar o'tirib, imo-ishora bilan namoz o'qigani afzalligi aytilgan. Bunday kishilar ham kursida o'tirib, imo-ishora qilib namoz o'qishi joiz, chunki ular erga o'tirgan taqdirda ham ruku-sajdani imo-ishora bilan qiladilar.

Agar bir odam biror uzr tufayli tik turib ham, erga o'tirib ham namoz o'qiy olmasa, lekin kursida o'tirib namoz o'qiy olsa, bu holatda ham namozni kursida o'tirib o'qishi joiz. Masalan, jarrohlik amaliyotidan keyin faqatgina kursida o'tirib namoz o'qishga imkoni bo'lsa, shunday qilishi joiz bo'ladi.

Zamonamizning etuk ulamolaridan Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh bu masalada quyidagi xulosaga kelganlar: «Ruku-sajda qila olmaydiga odam o'tirib namoz o'qishi joiz. Bu holatda erga o'tirib o'qigani yaxshiroq. Qiyom, ruku va sajda qila olmaydigan odam kursida o'tirib namoz o'qisa, ruku-sajdani ishora bilan ado etishi mumkin».

Hindistondagi Dorul-ulum fatvo uюshmasi ham shu mazmunda fatvo chiqargan.

Urdun fatvo uюshmasi bu masala юzasidan shofe'iy mazhabi qoidalariga asosan fatvo chiqargan bo'lib, unda ham uzrli holatda kursida o'tirib namoz o'qish joizligi aytilgan, quyidagilar uzrli holatlar sifatida ko'rsatilgan:

«Bemorning qattiq mashaqqatdan qo'rqishi, kasallikning kuchayib yoki cho'zilib ketishi ham namozni o'tirib o'qishni joiz qiladigan uzrlarga kiradi» (2014 yil 24 martdagi 137-qaror).

Misr fatvo uюshmasining shu mavzuda berilgan savolga javob sifatida bergan 2250-raqamli fatvosida shunday deyiladi:

«Namozni turib o'qiy olmaydigan kishiga kursida o'tirib namoz o'qish joiz bo'ladi. Kursida namoz o'qish hukmlari erda namoz o'qish hukmlari bilan bir xildir. Erga o'tirib namoz o'qish joizdir...

Kursida o'tirib o'qishga majbur bo'lgan odam namozni mukammal o'qishi uchun bor imkoniyatini ishga solishi lozim. Ruku va sajdani o'zining asl holatida ado qilishga qanchalik imkoni bo'lsa, shunga rioya qilishi kerak. Masalan, erga o'tirgan holida ruku va sajda qila oladigan odamga farz namozni kursida o'qish harom bo'ladi. Shuningdek, bunday odamlar namozni masjidda o'qiydigan bo'lsa, saflar barobar bo'lishiga ham rioya qilishi kerak. Buning uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:

– kursida o'tiradiganlarga alohida saf tashkil qilish;

– ularga safning bir chetida alohida joy ajratish;

– kursilarning hajmi masjidga, saflar o'rtasidagi masofaga munosib bo'lishi kerak.

– boshqa namozxonlarning namoz o'qishiga xalaqit bermasligi kerak.

Shuningdek, bu masalaga e'tibor qaratgan ulamolar kursilar xushu' va xuzu'ga munosib bo'lishi lozimligini aytganlar. Юmshoq, suyanchiqli kursilarda namoz o'qish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Suyanishga ehtiyoji bo'lmagan bemorlarning suyanib namoz o'qishi joiz emas.

Юqoridagi fatvolarning barchasida kursida namoz o'qish faqatgina uzrli holatlarga tegishlidir. Kishi uzri bo'lmasa ham kursida namoz o'qisa, bir nechta shar'iy buyruqlarni tark qilgan bo'ladi, masalan, takbirni tik turib aytish, qiyomda turish (tik turish), erga sajda qilish kabi farz amallarni bajarmagan bo'ladi. Vaholanki, namozning bitta farzi uzrsiz tark qilinsa, namoz durust bo'lmasligi barchamizga ma'lum.

Юqorida bayon etilgan hukmlarga ko'ra, hech bo'lmaganda erga o'tirib sajda qila oladigan kishilarning kursida o'tirib namoz o'qishi durust emas.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam umrlarining oxirida og'ir bemor bo'lganlar. U zotni masjidga ikki sahoba etaklab chiqqan. U zot ularga suyanib, muborak oyoqlari erga sudralgan holatda chiqqanlar. Ana shunday og'ir holatda ham Nabiy alayhissalom erga o'tirib, namozni jamoat bilan birga ado qilganlar. Bu holat barchamizga katta dars, go'zal ibratdir.

Ba'zi holatlarda ayrim namozxonlarning masjidga o'zi юrib kelib, o'zi юrib chiqib ketishi, masjiddan chiqib ham bir necha muddat tik oyoqda turib, yonidagilar bilar gaplashib turishlari, lekin namozni kursiga o'tirib o'qishlari kuzatiladi.

Namoz – banda bilan Alloh taolo o'rtasidagi ishdir. Shuning uchun musulmon odam o'ziga o'zi uzr topishga Alloh taolodan qo'rqishi, taqvo qilishi kerak. Shar'iy hukmlarni engillatishga arzimaydigan turli bahonalar shar'iy uzr hisoblanmaydi.

Mazhabimizdagi mo''tabar kitoblardan biri bo'lmish «Durarul-hukkom sharhu G'uraril-ahkom» kitobida shunday deyilgan:

(إذَا تَعَذَّرَ الْقِيَامُ لِمَرَضٍ) حَصَلَ (قَبْلَهَا) أَيْ الصَّلَاةِ (أَوْ فِيهَا أَوْ خَافَ زِيَادَتَهُ) أَيْ الْمَرَضِ (أَوْ) خَافَ بُطْءَ الْبُرْءِ بِهِ أَيْ بِسَبَبِ الْقِيَامِ (أَوْ) خَافَ (دَوَرَانَ الرَّأْسِ أَوْ يَجِدُ لِلْقِيَامِ أَلَمًا شَدِيدًا قَعَدَ) جَوَابُ إذَا تَعَذَّرَ (كَيْفَ شَاءَ) مِنْ التَّرَبُّعِ وَغَيْرِهِ (وَصَلَّى) قَاعِدًا (بِرُكُوعٍ وَسُجُودٍ) ، وَإِنْ قَدَرَ عَلَى بَعْضِ الْقِيَامِ قَامَ بِأَنْ كَانَ قَادِرًا عَلَى التَّكْبِيرِ قَائِمًا أَوْ عَلَى التَّكْبِيرِ وَبَعْضِ الْقِرَاءَةِ فَإِنَّهُ يُؤْمَرُ بِالْقِيَامِ قَالَ شَمْسُ الْأَئِمَّةِ هُوَ الْمَذْهَبُ الصَّحِيحُ ، وَلَوْ تَرَكَ هَذَا خِيفَ أَنْ لَا تَجُوزَ صَلَاتُهُ (وَإِنْ تَعَذَّرَا) أَيْ الرُّكُوعُ وَالسُّجُودُ لَا الْقِيَامُ (أَوْمَأَ قَاعِدًا) وَهُوَ أَفْضَلُ مِنْ الْإِيمَاءِ قَائِمًا (وَ) لَكِنْ (سُجُودُهُ أَخْفَضُ مِنْ رُكُوعِهِ)

«Namozgacha yoki namoz paytida kasallik paydo bo'lib, shu tufayli namozni turib o'qishga uzr hosil bo'lsa, tik turib o'qilganda o'sha kasallik kuchayib ketsa, sekin tuzalsa yoki boshi aylanib, yiqilib tushish xavfi bo'lsa, tik turganda qattiq og'riq paydo bo'lsa, bunday kishi o'zi xohlagan holatida o'tirib, masalan chordona qurib, ruku-sajda bilan namoz o'qiydi.

Agar bu kishi ma'lum muddat tik tura olsa, masalan, tik turib takbiri tahrima aytishga yoki takbiri tahrimani aytib, ma'lum muddat tik turib qiroat qilishga kuchi etsa, o'shancha muddat tik turishi kerak bo'ladi.

Shamsul aimma: «Mana shu gap mazhabdagi eng to'g'ri gapdir», deganlar.

Agar shu muddat miqdoricha tik turmasa, namozi durust bo'lmay qolishi mumkin.

Kishining turishga imkoni bo'lsa, lekin ruku-sajda qila olmasa, bu kishi namozni o'tirib, imo-ishora bilan o'qiydi, shunday o'qigani tik turgan holda imo-ishora qilib o'qiganidan afzal bo'ladi. O'tirib o'qiganda sajdada rukudan pastroq egiladi» («Durarul-hukkom»).

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolar hay'ati bemor kishilarning kursiga o'tirib namoz o'qishi masalasida fiqhiy manbalarni atroflicha o'rganib, bir qancha muhokamalardan keyin o'zining navbatdagi fatvosini e'lon qiladi:

  1. Qiyom (tik turish) namozning farzlaridan biridir. Kishi qancha muddat tik tura olsa, shuncha muddat tik turib namoz o'qishi farzdir. Shariat e'tiboriga molik bo'lgan uzr yo'q bo'lsa, erga yoki kursiga o'tirib namoz o'qish mutlaqo joiz emas.

Tik turganda qattiq og'riq paydo bo'lishi, kasallik kuchayib yoki cho'zilib ketishi kabi holatlargina o'tirib namoz o'qishni joiz qiladigan uzr hisoblanadi.

  1. Tik tura olmaydigan, lekin o'tirib ruku-sajda qila oladigan odamga namozda erga o'tirib ruku-sajda qilish farzdir. Bunday odam kursiga o'tirib, ruku-sajdani imo-ishora bilan qilishi joiz emas.

  2. Ruku'-sajdani o'tirgan holda qila olmaydigan odamga namozni kursiga o'tirib o'qish, ruku-sajdani imo-ishora bilan qilish joizdir. Bunday odam sajda qilganda rukudan pastroq egiladi. Bu holatda erga o'tirib, imo-ishora qilish afzaldir.

  3. Kursida namoz o'qiydigan odam saflar tekisligiga putur etkazmasligi, boshqalarning namoz o'qishiga xalaqit bermasligi kerak. Kursida namoz o'qiyotgan odam safga gavdasi bilan emas, oyoqlari bilan barobar turishi kerak. Bunday holatda boshqa namozxonlarning namoz o'qishiga tanglik hosil qilmaslik uchun masjidda kursida namoz o'qiydiganlar uchun alohida saf tashkil qilish; yoki safning bir chetida ular uchun alohida joy ajratish kerak; kursilarning hajmi masjid va saflar orasidagi masofaga munosib bo'lishi kerak.

Eslatma: Namoz – Islomning ruknlaridan biridir. Musulmon odam namozni mukammal ado etishga e'tibor qaratishi kerak. Namozda qanchalik xushu' va xuzu' bilan o'qilsa, shunchalik mukammal bo'ladi. Shuning uchun kursida namoz o'qigan holatda ham kursilar oddiy, suyanchiqsiz bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Vallohu a'lam.

Fatvo loyihasini Fatvo markazi etakchi mutaxassisi Habibulloh domla Jo'raboev tayyorladi.

Fatvo loyihasi bilan tanishib chiqib, rozilik bildirganlar:

  1.   Nuriddin domla Xoliqnazarov – Fatvo hay'ati raisi, O'zbekiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy, Fatvo markazi direktori,
    
  2.   Homidjon domla Ishmatbekov – Fatvo hay'ati a'zosi, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari,
    
  3.   Jaloliddin domla Hamroqulov – Fatvo hay'ati a'zosi, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari,
    
  4.   Muhammad Aюbxon domla Homidov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi, Toshkent islom instituti katta o'qituvchisi,
    
  5.   Soatmurod domla Primov – Toshkent islom instituti prorektori, doцent,
    
  6.   Yahyo domla Razzoqov – Toshkent islom instituti katta o'qituvchisi,
    
  7.   Farhod domla Jo'raev – Toshkent islom instituti katta o'qituvchisi,
    
  8.   G'ulomiddin domla Xolboev – Fatvo markazi direktor o'rinbosari, Toshkent islom instituti o'qituvchisi,
    
  9.   Hikmatulloh domla Toshtemirov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi,
    
  10. Habibulloh domla Jo'raboev – Fatvo markazi etakchi mutaxassisi, Toshkent islom instituti katta o'qituvchisi,

  11. Abdug'ofur domla Niyozqulov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi.

  12. Sayidahmad domla Saydaraliev – Fatvo markazi etakchi mutaxassisi,

  13. Abdulatif domla Tursunov – Fatvo markazi bosh mutaxassisi, Toshkent islom instituti o'qituvchisi,

  14. Otabek domla Mamadiev – Fatvo markazi mutaxassisi,

  15. Yorqinjon domla Jumaboev – Fatvo markazi mutaxassisi,

  16. Zikriyo domla Boborahimov – Fatvo markazi mutaxassisi,

  17. Muhammadjon domla Ibragimov – Fatvo markazi mutaxassisi.

Boshqa Fatvolar