2025 YIL UCHUN ZAKOT, FITR VA FIDYA MIQDORI

23.04.2025

3600

fatwa

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo'yicha qarori qabul qilindi, unga ko'ra:

✅ Zakot nisobi O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib 61 200 000 (oltmish bir million ikki юz ming) so'm deb belgiladi.

💬Shunga ko'ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 (oltmish bir million ikki юz ming) so'm qiymatidagi pul mablag'i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo'lsa, jami mablag'ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

✅ Fitr sadaqasi miqdori Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

≈ 2 kg bug'doy unidan – 10 000 (o'n ming) so'm;

≈ 4 kg arpadan – 16 000 (o'n olti ming) so'm;

≈ 2 kg mayizdan – 110 000 (bir юz o'n ming) so'm;

≈ 4 kg xurmodan – 180 000 (bir юz sakson ming) so'm deb belgilandi.

💬 Har kim o'z imkoniyatiga qarab ushbu to'rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

✅ Fidya miqdori Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo'ladi.

💬Shunday ekan, har kim o'z imkoniyatiga qarab ushbu to'rt mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

✍️ O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Boshqa Fatvolar