Vafot etgan insonning jasadidan foydalanish joizmi?
Savol: Tibbiyot oliy o'quv юrtlarida maxsus fan doirasida murdalar yorib ko'riladi. Dinda bu holatga nisbatan qanday munosabat bildiriladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Fuqaholarimiz inson xoh tirik, xoh o'lik bo'lsin, uning qadr-qimmatini saqlash vojib amal ekanini, unga tajovuz qilish joiz emasligiga ittifoq qilishgan. Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:
"وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ" (الإسراء:70)
“Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik” (Isro surasi, 70-oyat).
Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam vafot etgan kishining ehtiromi haqida shunday deganlar:
"كَسْرُ عَظْمِ الْمَيِّتِ كَكَسْرِهِ حَيًّا" (رواه الإمام أبو داود)
ya'ni: “Vafot etgan kishining suyagini sindirish – tirik kishining suyagini sindirish bilan barobardir” (Imom Abu Dovud rivoyati).
Lekin zamon taraqqiyoti sababli turli jinoyatlarni aniqlash yoki tibbiyot oliy o'quv юrtlarida o'quvchilarga ta'lim berish va ularda malaka hosil qilish uchun vafot etgan kishining qornini yorib ko'rilishiga ehtiyoj paydo bo'ladi. Dinimiz nuqtai nazaridan ushbu ehtiyojni qondirishga, murdalarni qornini yorib ko'rishga qanday qaraladi?
Qadimgi fuqaholarimizning fiqhiy manbalarida ayni ushbu mavzuga to'xtalib o'tilmagan. Lekin unga yaqin bo'lgan ikki masala yoritib o'tiladi.
Birinchi masala: Homilador ayol vafot etsaю, homilasi tirik ekani alomati sezilsa va tabiblar homilani hayotini saqlab qolishga ko'zlari etsa, onaning qornini yorib bolani olishlari joiz bo'ladi. Ushbu masalada vafot etgan onasining haqqi poymol bo'lsada, tirik bolasining hayotini saqlash uchun ruxsat etiladi. Ushbu masala aksincha ko'rinishda (ya'ni ona tirik, homilasi o'lgan) bo'lsa va bu holat onaning hayotiga xavf tug'dirsa, doyaga homilani biror asbob bilan bo'lib-bo'lib olishiga ruxsat etiladi (Albatta, bunda homilaning o'lganiga aniq ishonch hosil qilingan bo'lishi shart). Ushbu holatda ham garchi o'lgan bolaning jasadiga tajovuz qilinayotgan bo'lsada, tirik onaning hayotini saqlab qolish uchun bunga ruxsat etilgan.
Ikkinchi masala: Biror qimmatbaho buюmni vafot etgan kishi tiriklik paytida юtib юborgan bo'lsa, o'sha buюm aslida mayyitning o'zini mulki bo'lsa, uni qornini yorib chiqarib olishga ruxsat etilmaydi. Chunki inson garchi vafot etgan bo'lsada, mol-mulkdan qadr-qimmati baland, ehtiromi vojib sanaladi. Agar o'sha buюm boshqa kishining mulki bo'lib, mayyit boshqa mol-mulk qoldirgan bo'lsa ham hukm shunday. Ya'ni mayyitning qorni yorilmaydi, qoldirgan molidan tiriklik paytida юtib юborgan qimmatbaho buюmning qiymati haqdorga to'lab beriladi. Agar mayyit o'zidan keyingilarga mol-mulk qoldirmagan bo'lsa, ana shu paytda uning qorni yorilib, birovning mulkini chiqarib berishga ruxsat etiladi. Chunki shariatda o'zganing haqqi ustun turadi.
Demak, qadimgi fuqaholarimiz mana shu ikki masalada vafot etgan kishining qornini yorishga ma'lum shartlar asosida ruxsat etishgan. Har ikkisida ham katta zararni kichik zarar bilan daf qilishdan boshqa chora qolmaganda, o'sha kichik zarardan foydalanishga ruxsat berilgan.
Zamonamiz ulamolari va ko'plab fatvo uюshmalari tomonidan vafot etgan insonning jasadini yorib ko'rishga qattiq zarurat юzaga kelganda, uni ma'lum shartlar asosida amalga oshirish joiz ekaniga ittifoq qilishgan. Zero, fiqhiy qoidaga ko'ra:
الضرورات تبيح المحظورات
“Zaruratlar ta'qiqlangan narsalarni muboh qiladi”.
Ya'ni vafot etgan insoning qornini yorish aslida birovning haqqiga tajovuz qilish bo'lgani uchun shar'an ta'qiqlangan amal sanaladi. Lekin o'lim sabablarini o'rganish, biror jinoyatni fosh etib, jinoyatchilarga tegishli chora ko'rish, jamiyatda adolatni ta'minlash uchun uning qornini yorishga zarurat tug'ilganda, ushbu zarurat sababli bunga ruxsat etiladi. Shu bilan birga yana bir boshqa fiqhiy qoidada shunday deyiladi:
الضرورة تقدر بقدرها
“Zarurat o'z miqdoricha baholanadi”.
Ya'ni, zarurat sababli shariatda ta'qiqlangan ishni amalga oshirishda o'sha zarurat miqdoricha ruxsat etiladi. Bunda zaruratdan tashqari har qanday xatti-harakatlar shar'an joiz bo'lmaydi.
Vafot etgan kishining tanasini yorib ko'rish masalasi Islom Fiqhi Akademiyasi tomonidan hijriy 1408 yil, 24-28 safar oyi (1987 yil, 17-21 oktyabr) kunlari Makkai mukarramada bo'lib o'tgan o'ninchi majlisda ulamolar tomonida fiqhiy jihatdan o'rganib chiqilgan. Ulamolarning munoqasha va fikr almashuvlaridan keyin Islom fiqhi akademiyasi bir ovozdan quyidagi qarorlarni qabul qilgan:
Quyidagi maqsadlar bo'yicha o'likning jasadini yorish mumkin:
Jinoiy da'vo bo'yicha tekshirish olib borilayotganda o'limning yoki jinoyatning sababini bilish uchun. Bunda o'limning sababini bilishda bundan boshqa vosita bo'lmasligi lozim. Ma'lum kasalliklarning oldini olish choralarini ko'rish maqsadida va uni bilish uchun o'likni yorishdan boshqa imkon bo'lmaganda. Tibbiy ilimlarni o'rgatish va o'rganishga hojat tushganda. Ta'lim maqsadida o'likni yorish bo'yicha quyidagi shartlarga rioya qilish lozimdir:
a). Jasad ma'lum shaxsniki bo'lsa, u o'limidan oldin o'zini ta'lim maqsadida yorishga ruxsat bergan bo'lishi lozim. Shuningdek, merosxo'rlarning izni ham qabul qilinadi.
b). Yorish faqat zarurat miqdoricha bo'lishi kerak. O'likning jasadi o'yinga aylanmasigi zarur.
c). Ayollarning jasadini ayollar yorishi kerak. Zaruriy holatlar bundan mustasno.
d). Barcha holatlarda ham yorilgan jasadning barcha bo'laklari dafn qilinishi zarur.
Islom Fiqhi Akademiyasining mazkur qarorini Iordaniya Fatvo Kengashi, Misrning “Dorul-ifto” fatvo kengashi, Falastinning Fatvo Islomiy kengashi, Suriya ulamolar uюshmasi hamda boshqa taniqli islom ulamolari tomonidan qo'llab-quvvatlangan.
Xulosa qilib aytganda inson tana a'zolarining funkцiyalarini bilish, fan taraqqiyotiga erishish yoki ta'lim jarayonida talabalarga malaka hosil qilish uchun o'lgan insonning tanasini yorishga zarurat юzaga kelsa, юqorida ta'kidlangan shartlar asosida ruxsat etiladi. Vallohu a'lam.

Abdulatif domla Tursunov O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi