O'zbekiston ulamosi xalqaro anjumanda nutq so'zladi

30.04.2025

1056

Qozog'iston musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil topganiga 35 yil to'lgani munosabati bilan Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo va Qozog'istonda Islom: tarixiy an'analar va zamonaviy imkoniyatlar” mavzusida nufuzli xalqaro anjuman o'tkazildi. Unda turli davlatlardan kelgan islom ulamolari ishtirok etishdi. Jumladan, O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi direktor o'rinbosari G'ulomiddin Xolboev ham qatnashib, “Sun'iy ong (intellekt) va uning hukmi” mavzusida chiqish qildi.

Darhaqiqat, sun'iy ong (SO) – odam kabi fikrlab, qo'yilgan muammoga echim topishga yo'naltirilgan bugungi texnologiya. Garchi u turli uskuna va jihozlar ko'rinishida bo'lsa ham, qaror qabul qilish, insoniy xulq-atvorga taqlid qilish kabi qobiliyatlarga ega.

Axborot asri deb atalayotgan bugunga kelib ilm-fan va axborot-kommunikaцiya texnologiyalari juda ham tez va shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Taraqqiy etgan o'lkalarda sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish kengayib, u ko'plab sohalarga kirib bormoqda. Ushbu “ong”ning shar'iy hukmiga aniqlik kiritish zamona faqihlari oldida turgan muhim vazifalardan. Zero, undan musulmonlar ham keng miqyosda foydalanmoqda.

O'zbekiston ulamolari vakili G'ulomiddin domla Xolboevning chiqishi shu ma'noda katta qiziqish bilan tinglandi.

article-single-img

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqola mavzulari

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar