O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining qabristonlarni obod qilish va ziyorat odoblari юzasidan aholiga MUROJAATI
Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taologa cheksiz hamdu sanolarimiz, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga mukammal salavotu salomlarimiz bo'lsin.
Muhtaram юrtdoshlar! Inson qadri юksak bo'lgan юrtimizda ajdodlarimizni xotirlash, ularning ruhini shod, qo'nim topgan manzilgohlarini obod qilishga alohida e'tibor qaratish ezgu an'ana hisoblanadi.
Xususan, Muhtaram Юrtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan ko'plab ziyoratgohlar obod etilib, buюk ulamolarimizga юksak darajada ehtirom ko'rsatib kelinmoqda. Yaqinda Samarqandda muhaddislar sultoni Imom Buxoriy qabri va uning atrof hududlarida misli ko'rilmagan darajada ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Muqaddas dinimizda marhumlarga hurmat ko'rsatish, ularni yaxshi xotiralar bilan eslash va qabrlarini ziyorat qilishga targ'ib etilgan. Ushbu xayrli amalda ziyorat qiluvchiga ham, ziyorat qilinuvchiga ham ko'plab foydalar bor. Ziyorat qilinayotgan marhumning ruhi tilovati Qur'on, istig'for va duolar bilan shod bo'ladi. Ziyorat qiluvchi esa bundan ibrat oladi – oxirat haqida tafakkur qiladi.
Bu borada Payg'ambarimiz alayhis-salom: “Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. So'ng menga (ularni ziyorat qilish joizligi) ayon bo'ldi. Endi ularni ziyorat qilaveringlar, chunki u (ziyorat) qalbni юmshatadi, ko'zni yoshlatadi va oxiratni eslatadi. Ziyorat qilinglar-u, ammo (u erda) noloyiq gaplarni aytmanglar”, deyilgan (Imom Termiziy rivoyati).
Aziz vatandoshlar!
Qabristonlar – bu faqat dafn joyi emas, balki insonni tafakkurga chorlovchi, hayotning o'tkinchiligini anglatuvchi, qalbni юmshatuvchi va ma'naviy poklanishga etaklovchi maskandir.
Darhaqiqat, qabr ziyorati insonni dunyoga haddan ortiq berilmaslikka, manmanlik va g'ururdan saqlanishga hamda yaxshi amallar qilishga undaydi. Ziyoratga borgan inson qalbida beixtiyor: “Bir kun kelib men ham shu erga kelaman”, degan xulosa paydo bo'ladi. Bu esa insonning o'z hayoti va amallarini qayta ko'rib chiqishiga undaydi.
Dinimizda ziyorat amalidan ko'zlangan maqsad – dunyoning foniyligi, o'lim va oxiratning haq ekanini eslatishdir.
Shu bois, qabristonlar doimo pok, tartibli va obod bo'lishi lozim. Chunki inson bu maskandan ruhiy engillik va taskin topib chiqishi kerak.
Muhtaram юrtdoshlar!
Bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri – qabristonlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini doimiy ravishda yo'lga qo'yishdir.
Afsuski, ayrim joylarda qabristonlarning qarovsiz qolishi, qurib qolgan o't-o'lanlarning tozalanmasligi, qabrlar orasidagi yo'laklarning yo'qligi yoki ta'mirtalab holatga kelib qolgani kabi kamchiliklar uchramoqda.
Bunday holatlar marhumlar xotirasiga nisbatan befarqlik va tiriklarning o'tganlar oldidagi burchini to'liq ado etmaslik sifatida baholanadi.
Aslida, qabristonlarni faqat ma'lum kunlarda emas, balki toza va obod saqlash hayot tarzimizga aylanishi zarur, deb hisoblaymiz va bu xayrli ishda barchani fidoyilikka chorlaymiz.
Aziz mo'min-musulmonlar!
Ziyoratchi qabristonga kirishda o'zi pok bo'lishi, qabr ahllariga salom berib, ularning haqqiga duolar qilishi, qabr tepasiga kelganda esa unga юzlanib, tilovat qilishi odobdandir. Ziyorat asnosida qabrlar ustini bosmaslik, belgilangan yo'laklardan юrish lozim. Zero, qabr ustini oyoqlari bilan toptash gunoh hisoblanib, hadislarda bundan qat'iy qaytarilgan.
Aksincha, duo va istig'for aytish, Qur'on tilovat qilib savobini bag'ishlash, o'tganlar nomidan sadaqa va xayriyalar qilish marhumlarga manfaat etkazadigan amallardan ekanini hech qachon unutmasligimiz lozim!
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Inson vafot etsa, uning amali to'xtaydi. Magar uch narsa: sadaqai joriya yoki manfaat oladigan ilm yohud haqqiga duo qiladigan solih farzanddan (to'xtamaydi)”, – deb marhamat qilganlar (Imom Muslim rivoyati).
Qadrli hamюrtlar!
Qabristonlarni obod qilish, u erlarda qo'nim topgan zotlarga nisbatan hurmat ko'rsatish va ziyorat madaniyatini юksaltirish maqsadida “Qabristonlarni obod qilish dolzarb oyligi” tashabbusi bilan chiqmoqdamiz.
Bunda mahallalar ahlini, tabarruk nuroniylarimizni, barcha imom domlalarimiz va ziyolilarni ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlashga chaqiramiz.
Shu maqsadda biz – din peshvolari quyidagi vazifalarni amalga oshirishni belgilab olmoqdamiz:
Birinchidan, qabristonlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini doimiy va uzluksiz jarayonga aylantirish ishiga bosh-qosh bo'lish.
Ikkinchidan, imom-xatiblar tomonidan juma mav'izalari va boshqa tadbirlarda poklik, qabristonlarni asrashning diniy ahamiyatini keng yoritish orqali aholini amaliy harakatga chorlash. Bunda masjidlarga tutash yoki yaqin hududdagi qabristonlarni masjid qaramog'iga olish,
imom-xatiblar tomonidan o'z qavmini mozor obodonligiga targ'ib qilish.
Uchinchidan, qabristonlarni chiroyli urf-odatlarimiz hamda azaliy qadriyatlarimizga mos, ziyorat qiluvchining ruhiga taskin beradigan holatda saqlash, u erlarga rayhon va boshqa xushbo'y o'simliklar ekish.
To'rtinchidan, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ajdodlar xotirasiga hurmat ko'rsatish hamda “Xotira va qadrlash” tushunchalarini mustahkamlash orqali ma'naviy tarbiyani kuchaytirish.
Beshinchidan, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish – yo'laklarni barpo etish, ta'mirlash va qabristonlarda ziyorat odoblari haqida ma'lumot beruvchi qisqa peshlavhalar tayyorlash.
Qabristonlarni obod qilish va ozodaligini ta'minlash nafaqat ma'muriy vazifa, balki chuqur ma'naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan umumijtimoiy mas'uliyatdir. Shu nuqtai nazardan, bu ezgu ishni tizimli va samarali yo'lga qo'yishda imom-xatiblar hamda diniy soha vakillari eng asosiy kuch hisoblanadi.
Islom ta'limotiga ko'ra, imom-xatib jamoatga nafaqat ibodat masalasida, balki axloq, tarbiya, ijtimoiy hayot va ezgu amallarda ham yo'lboshchilik qiladi.
Shu bois, qabristonlarni obod qilish tashabbusi aynan din peshvolari tomonidan boshlanishi va tizimli ravishda boshqarilishi zarur.
Aziz юrtdoshlar!
Ajdodlarimizning so'nggi manzilgohlarini obod qilish hamda ularning haqqiga xayrli duolar qilish kelajak avlod uchun юksak ibrat maktabidir.
Ana shunday ezgu ishlarga hissa qo'shgan, qabristonlarni tartibga keltirishda jonbozlik ko'rsatgan har bir insonga, insho Alloh, sadaqai joriya savoblari yozilib turadi.
Alloh taolo o'tgan marhumlarning ruhini shod va ular qo'nim topgan maskanlarni obod qilish borasidagi xayrli amallarimizga kuch-quvvat berib, ulkan ajru mukofotlar ato etsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Ulamolar Kengashi a'zolari

O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi MUROJAATI