ERKAK O‘Z QIZINI QUCHOQLAB O‘PSA XOTINI TALOQ BO‘LADIMI?

ID: 411

04.04.2025

343

Savol:

Agar ota o‘z qizini quchoqlab o‘psa va issiqlik sezsa xotini unga taloq bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Erkak o‘z qizini shahvat bilan o‘psa, quchoqlasa, ushlasa yoki farjini ichiga qarasa xotini unga abadiy harom bo‘lib qoladi. 

Bunda quyidagi shartlar topilishi kerak:

  1. Erkak shu ishni qilganiga bir marta bo‘lsa ham o‘zi iqror bo‘lishi yoki ikki erkak (yoki bir erkak va ikki ayol guvoh bo‘lishi kerak);
  2. Qiz 9 yosh yoki undan katta bo‘lishi kerak;
  3. Yuqorida aytilgan ishlarni qilganda, jinsiy a’zosi qo‘zg‘alishi yoki qo‘zg‘algan bo‘lsa, ziyoda bo‘lishi (qari bo‘lsa, ko‘nglida jinsiy aloqaga mayl paydo bo‘lishi) kerak;
  4. Ayni qizini ushlagan yoki o‘pgan paytda shahvat topilishi kerak. Lekin qizni labidan o‘pish, ko‘kragidan ushlash va farjini ushlashda shahvat bo‘lgan yo bo‘lmagani e’tiborga olinmaydi;
  5. Qizni ushlagan yoki o‘pgan paytda maniy to‘kilmagan bo‘lishi kerak;
  6. Qizini kiyimsiz yoki tana haroratini bildirib turadigan yupqa kiyimda bo‘lishi.  

Yuqoridagi shartlar topilsa bunday er-xotinlarni o‘rtasiga taloqsiz ham ajrim tushadi. Shundan keyin bunday er-xotinlarni qayta nikohlab bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar