AYOL KISHINING MASHINA HAYDASHI

ID: 10014

28.03.2026

812

Savol:

Assalomu alaykum! Ayollarga mashina haydash joizmi?

Javob:

Va alaykum assalom. Dinimizda ayol kishining mashina haydashini taqiqlovchi to'g'ridan-to'g'ri dalil yo'q. Shuning uchun ayollarga mashina haydash aslida joiz. Lekin bunda asosiy talab - haydovchi ayol shar'iy kiyinish qoidalariga, yo'l harakati xavfsizligi qonunlariga rioya qilishidir. Agar bu mashg'ulot ayolning va oilasining ehtiyojlarini engillashtirishga xizmat qilsa, buning zarari yo'q. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar