ZIKRLAR SONINI KAMAYTIRISH YOKI KO'PAYTIRISH

ID: 4178

14.11.2025

85

Savol:

Assalomu alaykum. Namozning ruku'si va sajdaga borganda aytiladigan kalimalarni 3 martadan ko'p aytsa nima bo'ladi? 3 martadan kam aytsa bo'lmaydi, deb eshitganman. Lekin ayrim paytlari 3 martadan ham ortib, 4-5 marta aytib юborishim mumkin-da, shuning uchun so'ramoqdaman. Namozdan so'ng 33 martadan aytiladigan zikrlar ham shular jumlasidanmi, ya'ni 33 tadan ko'p aytib bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ruku' va sajda tasbehlarini, ya'ni "Subhana Robbiyal Azim" va "Subhana Robbiyal A'laa" zikrlarini uch marta aytish sunnat hisoblanadi. Uch martadan kam aytish makruh bo'lsa-da, namoz durust bo'ladi. Siz aytganday, bu tasbehlarni uch martadan ko'p, masalan, 4, 5 yoki 7 marta aytish esa mustahabdir. Bunda toq sonlarga rioya qilish yanada yaxshi. Biroq, bu faqat yolg'iz namoz o'quvchiga tegishli. Agar kishi imom bo'lsa, ortidagi jamoatga malol kelmasligi uchun tasbehlarni haddan ziyod uzaytirib юbormasligi kerak.

Namozdan keyingi 33 martadan aytiladigan zikrlar masalasi biroz farqli. Bu zikrlar uchun aynan muayyan son, ya'ni 33 ta aytish sunnat hisoblanadi. Ulamolar bu o'rinda afzal yo'l sunnatda kelgan aniq o'sha aniq songa rioya qilish ekanini ta'kidlashgan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar