ZIKRLAR HAQIDA

ID: 3506

21.10.2025

288

Savol:

Assalomu Aleykum savolim shuki men Kar kuni tongda ishga yõlda yurib ketayotib zikr tasbeh ixlos surasi oyatil kursini salovat aytib ketaman yõlda yurib aytsa bõladimi yoki mumkin emasmishu qiladigan ishim tuğrimi shariy hukmi qanaqa shuni tushuntirib bersayizlar

Javob:

Va alaykum assalom. Yurgan holda zikr qilish, salovat aytish, tasbeh aytish mutlaqo joiz amal hisoblanadi. الَّذِينَ يَذْكُرُونَ اللَّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَى جُنُوبِهِمْ وَيَتَفَكَّرُونَ فِي خَلْقِ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هَذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ Ular turib ham, o‘tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadilar* va osmonlaru YErning yaratilishi haqida fikr yuritadilar (va duo qiladilar:) «Ey, Rabbimiz! Bu (koinot)ni behuda yaratmagansan. Sen (ayblardan) pok zotdirsan. Bas, bizni do‘zax azobidan saqlagin! (Oli Imron surasi 191-oyat). Bandaning eng yaxshi holati uning o‘z Rabbi zikri bilan mash­g‘ul bo‘lishidir. Zikr sababi bilan banda uchta fazlga ega bo‘ladi:

Alloh taolo O‘zini eslagan (zikr qilgan) bandanigina eslaydi: «Bas, Meni yod etingiz, (Men ham) sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz!» (Baqara, 152)

Alloh zikrini ko‘p qilgan kishi butun hayotida, hatto uy­qusida ham ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan hisoblanadi: «Men jinlar va insonlarni faqat O‘zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim» (Zoriyot, 56).

Alloh zikrida bo‘lgan kishi har qanday qiyinchilik va ma­shaqqatdan najot topadi: «Bas, agar u (Yunus) Allohga doimo tasbeh aytuvchilardan bo‘lmaganida, albatta, u baliq qornida Qiyomatgacha qolib ketgan bo‘lur edi» (Soffot, 143–144).“Zikr”ning lug‘aviy ma’nosi “Allohni eslash”dir. Allohni ko‘p zikr etgan bandaning qalbi poklanadi, imoni mustahkam­la­nadi, duolari ijobat bo‘ladi, ixlosi ortadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar