SUNNAT NAMOZIDA FOTIHADAN KEYIN "OMIN" DEYILADIMI?

ID: 4803

04.12.2025

82

Savol:

Assalomu alaykum. Bilamizki, jamoat namozida imom Fotiha surasini tugatganidan so'ng "Amin" deb past ovozda aytiladi. Sunnat namozini ado etayotgan vaqtda sano, Fotiha surasidan so'ng "Amin" desa joizmi yoki Fotihadan so'ng hech narsa demasdan zam sura o'qishlik joizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, xoh farz, xoh sunnat namozi bo'lsin, namozda Fotiha surasidan so'ng «Omin» deyish sunnat amaldir. Shu sababli, sunnat namozida ham Fotiha surasi tugagach, «Omin»ni maxfiy, ya'ni ichida aytib, so'ngra zam sura o'qish matlubdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar