ZAM SURALAR O'RTASIDAGI TARTIB HAQIDA

ID: 10342

05.04.2026

1645

Savol:

Namozda zam suralarni ukishda ketma ketlikda ukiladi deb eshitdim. Shu haqdi ma'lumot bersangiz.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Farz namozlarda suralarni Qur'oni karimda kelgan tartibda o'qish lozim.

Bu haqda “Fatavoi hindiya” kitobida shunday deyiladi:

وَإِذَا قَرَأَ فِي رَكْعَةٍ سُورَةً وَفِي الرَّكْعَةِ الْأُخْرَى أَوْ فِي تِلْكَ الرَّكْعَةِ سُورَةً فَوْقَ تِلْكَ السُّورَةِ يُكْرَهُ وَكَذَا إذَا قَرَأَ فِي رَكْعَةٍ آيَةً ثُمَّ قَرَأَ فِي الرَّكْعَةِ الْأُخْرَى أَوْ فِي تِلْكَ الرَّكْعَةِ آيَةً أُخْرَى فَوْقَ تِلْكَ الْآيَة

ya'ni: “Agar namozxon birinchi rakatga bir surani qiroat qilgan bo'lsa, so'ng ikkinchi rakatga yoki birinchi rakatning o'zida ana shu suraning юqorisidagi surani qiroat qilsa makruh bo'ladi. Xuddi shuningdek bir rakatda ma'lum bir oyatni qiroat qilib, keyingi rakatda yoki shu rakatning o'zida юqorisidagi oyatni qiroat qilish ham makruhdir".

Чunki Qiroatda suralar tartibiga rioya qilmaslikda sahobalar ijmo' qilgan tartibni tark qilish bor. Yana bu mavzuda shunday deyiladi:

وَإِذَا جَمَعَ بَيْنَ سُورَتَيْنِ بَيْنَهُمَا سُوَرٌ أَوْ سُورَةً وَاحِدَةً فِي رَكْعَةٍ وَاحِدَةٍ يُكْرَهُ وَأَمَّا فِي رَكْعَتَيْنِ إنْ كَانَ بَيْنَهُمَا سُوَرٌ لَا يُكْرَهُ وَإِنْ كَانَ بَيْنَهُمَا سُورَةٌ وَاحِدَةٌ قَالَ بَعْضُهُمْ: يُكْرَهُ، وَقَالَ بَعْضُهُمْ: إنْ كَانَتْ السُّورَةُ طَوِيلَةً لَا يُكْرَهُ. هَكَذَا فِي الْمُحِيطِ كَمَا إذَا كَانَ بَيْنَهُمَا سُورَتَانِ قَصِيرَتَانِ. كَذَا فِي الْخُلَاصَةِ.

ya'ni: “Bir rakatda ikkita surani jamlasa va u ikki suraning o'rtasida bir yoki bir nechta sura tushib qolsa, makruh bo'ladi. Ammo bu ikki surani ikki rakatda o'qisa va u ikki suraning o'rtasida bir nechta sura bo'lsa, makruh bo'lmaydi. Agar u ikki sura o'rtasida bitta sura qolib ketsa, ba'zi ulamolar nazida makruh bo'ladi. Boshqa ulamolar nazdida esa o'rtada qolgan sura uzun bo'lsa makruh bo'lmaydi “Muhit” kitobida shunday deyilgan. Ikki rakatga o'qilgan ikki suraning o'rtasida ikkita qisqa sura qolib ketgan bo'lsa, makruh bo'lmaydi “Xulosa” kitobida shunday deyilgan” (“Fatavoi hindiya” kitobi).

Demak ikki zam sura o'rtasida ikkita surani tashlab o'qish makruh sanalmaydi. Чunki Jobir ibn Samura raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning shom namozida birinchi rakatga “Kafirun” ikkinchi rakatga “Ixlos” suralarini zam qilib o'qiganlarini rivoyat qilganlar:

كَانَ النَّبِىُّ صلى الله عليه وسلم يَقْرَأُ فِى صَلاَةِ الْمَغْرِبِ لَيْلَةَ الْجُمُعَةِ (قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ) وَ (قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ). (رواه الامام البيهقي)

ya'ni: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam juma kechasi shom namoziga “Kafirun” va “Ixlos” suralarini o'qidilar" (Imom Bayhaqiy rivoyatlari).

Birinchi rakatga “Nas” surasini o'qib qo'ygan bo'lsa, ikkinchi rak'atga ham shu surani takror o'qiydi (“Xulosa” kitobi). Чunki takror o'qish teskari o'qishdan ko'ra engilroq hisoblanadi. Ba'zi ulamolar bunday holatda “Baqara”dan “Alif lam miym”ni o'qisin, deganlar.

Yana “Fatavoi hindiya” kitobda shunday deyiladi:

وَيُكْرَهُ تَكْرَارُ السُّورَةِ فِي رَكْعَةٍ وَاحِدَةٍ فِي الْفَرَائِضِ وَلَا بَأْسَ بِذَلِكَ فِي التَّطَوُّعِ كَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ وَإِذَا كَرَّرَ آيَةً وَاحِدَةً مِرَارًا فَإِنْ كَانَ فِي التَّطَوُّعِ الَّذِي يُصَلِّي وَحْدَهُ فَذَلِكَ غَيْرُ مَكْرُوهٍ وَإِنْ كَانَ فِي الصَّلَاةِ الْمَفْرُوضَةِ فَهُوَ مَكْرُوهٌ فِي حَالَةِ الِاخْتِيَارِ وَأَمَّا فِي حَالَةِ الْعُذْرِ وَالنِّسْيَانِ فَلَا بَأْسَ. هَكَذَا فِي الْمُحِيطِ.

ya'ni: “Farz namozlarda bir rakatda bir surani takror o'qish makruhdir. Nafl namozlarda makruh emas “Fatavo Qozixon”da shunday yozilgan. Yolg'iz namoz o'quvchi bir oyatni nafl namozlarda bir necha bor takrorlasa ham makruh bo'lmaydi. Farz namozlarda bir oyatni ixtiyoriy holatda takrorlasa makruh bo'ladi, agar uzrli (ya'ni, boshqa oyatni bilmasa) yoki unutgan holatda takrorlasa, makruh bo'lmaydi. “Muhit” kitobida shunday deyilgan”. Imom Najmiddin Umar Nasafiy (vaf. 537 h.y.)ning “Fatavo” kitobida shunday bayon qilingan: “Abul Fazldan nafl namozda birinchi rakatga “Masad” surasini, ikkinchi rakatga undan юqorida bo'lgan “Nasr” surasini qiroat qilish haqida so'ralganida: “Agar qasddan shunday qilsa, makruh bo'ladi", deganlar. Qozi imom Abu Bakr esa farz namozda makruh bo'ladi, naflda makruh bo'lmaydi", deganlar”.

Demak, юqorida sanalgan barcha holatlar qasddan qilinsa, farz namozlarda makruh bo'ladi, sunnat va nafl namozlarda esa bu borada hukm engilroq bo'lib, makruhlik юzaga chiqmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar