ZAKOTGA QODIR BO‘LGANLIKNI ANIQLASH

ID: 597

04.04.2025

87

Savol:

Kishi zakotga qodir bo‘lganini qanday aniqlaydi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Zakot berish farz bo‘lishi nisob va yil o‘tishiga bog‘liq. Islomda nisob-boylik darajasi mol-mulkning 85 gramm tilla yoki uning qiymatiga yetishi bilan o‘lchanadi. Bu boylikka asliy hojatlari: uy-joyi, uy asboblari, kiyim kechaklari, kasb asboblari va ulov (mashinasi)ning qiymati qo‘shilmaydi. Demak, kimda qarzlaridan ortiqcha 85 gramm tilla yoki uning qiymatidagi kumush, qog‘oz pullar va tijorat mollari bo‘lsa, uning moli nisob (boylik miqdoriga) yetgan bo‘ladi. Bunday kishi moli nisobga yetgani uchun endi zakot ololmaydi. Qamariy taqvim bo‘yicha rosa bir yildan keyin ham nisob miqdoridagi mol-mulk ehtiyojdan ortiqcha bo‘lib, ishlatilmay turgan bo‘lsa, ana endi faqirlarga mol-mulkining 1/40 (qirqdan bir, ya’ni 2,5%)ini zakot sifatida beradi. Masalan bir kishining moli Muharram oyida 85 gram tillaning qiymatiga yetdi. Kelasi yil Muharram oyida esa moli 100 gramm tillaning qiymatiga yetdi. Shunda u mol-mulkining 1/40 i, ya’ni, 2,5 gramm tillaning qiymatini zakot qilib beradi. Yil o‘rtasida qiymatning ko‘payib-kamaygani e’tiborga olinmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar