ZAKOT NISOBDAN BERILADIMI YOKI UMUMIY MABLAG'DANMI?

ID: 7651

18.02.2026

506

Savol:

Assalomu alaykum. Zakot nisobi miqdori shu yil uchun 100 mln so'm etib belgilanganini bildim. Savolim shuki, savdodagi daromadi shu miqdordan ko'p bo'lganda, masalan, 500 mln so'm bo'lsa, shuning 2.5 foizi beriladimi? Yoki faqat nisob miqdori, ya'ni 100 mln so'mning 2.5 foizi beriladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, zakot belgilangan nisob miqdoridan, ya'ni joriy paytda 100 mln so'mning o'zidan emas, balki nisobga etgan va undan oshgan jami mablag'ning umumiy qiymatidan beriladi. Чunki, bu belgilangan nisob zakotni vojib qiluvchi boylikning eng quyi nuqtasidir. Demak, sizdagi jami mablag' yoki savdodagi tijorat molingiz qiymati 500 million so'mga teng bo'lsa hamda unga bir qamariy yil to'lgan bo'lsa, shu umumiy summaning barchasidan 2,5 foiz zakot chiqarasiz. Sizning holatingizda 500 million so'mning 2,5 foizi, ya'ni 12,5 million so'm miqdorida zakot berishingiz vojib bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar