Zakot sadaqa va ehsonlarni mahalla ehtiyojlariga ishlatsa bo‘ladimi masalan (qozon o‘choq , ko‘cha kamera ) va boshqa ehtiyojlar uchun. javob uchun oldindan rahmat
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimiz bo‘yicha, zakot, fitr va boshqa vojib sadaqalarni mahallaning qozon-o‘choq, kuzatuv kamerasi kabi narsalariga ishlatib bo‘lmaydi. Chunki zakot, fitr va boshqa vojib sadaqalar durust bo‘lishi uchun ularni faqir-miskinlarga mulk qilib topshirish lozimdir. Biroq, ixtiyoriy ehsonlar va boshqa nafl sadaqalarni bunday umumiy manfaatli ishlarga sarflash mumkin va bu savobli amaldir.