Meni 20.000.000 karzim bor, lekin do‘konimda 20.000.000 lik aylantirayotgan molim bor Shunda shu aylantirayotgani 20.000.000 dan zakot beraveramanmi
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, zakot hisoblanayotganda mol-mulkdan qarz miqdori ayriladi. Biroq, bugungi kundagi tijorat va moliyaviy munosabatlardan kelib chiqib, ulamolar bu qoidaga aniqlik kiritganlar. Unga ko‘ra, zakot beriladigan mol-mulkdan faqatgina keyingi bir yil ichida to‘lanishi shart bo‘lgan qarzlar chegirib tashlanadi. Uzoq muddatli qarzlarning esa faqatgina yillik to‘lovi hisobga olinadi. Shu sababli, agar 20.000.000 so‘mlik qarzingizning hammasini bir yilda to‘lash majburiyatingiz bo‘lmasa, uni tijorat molingizdan to‘liq ayirmaysiz. Siz do‘kondagi mol (20.000.000 so‘m) va boshqa zakotga tortiladigan mulkingizdan bir yillik qarz miqdorini chegirib, qolgan summa nisobga yetsa, uning qirqdan biridan zakot berasiz.