ZAKO

ID: 3500

21.10.2025

68

Savol:

Men qarindoshimga zakot ajratgandim, lekin u qamalib qoldi. Qamalib ham yaxshi ish bilan emas. Men unga narsa jo‘natgani yoki qamoqqa pul kirgizgani halol topgan pulimdan ishlatgim kelmadi. Va unga ajratgan pullardan (ya’ni zakotdan) uni xarajatlariga ishlatdim Shu to‘g‘rimi?

Javob:

Hanafiy mazhabida zakotning durust bo‘lishi uchun "tamlik", ya’ni zakot molini haqdorning qo‘liga mulk qilib topshirish shart. Siz esa pulni qarindoshingizning qo‘liga bermay, uning nomidan xarajat qilgansiz. Bu holatda mulk qilib berish sharti topilmagani uchun bu pullar zakot o‘rniga o‘tmaydi. Siz qilgan bu xarajatlar oddiy ehson hisoblanadi, lekin zimmangizdagi farz zakot soqit bo‘lmaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar