DEHQONCHILIKDA SHERIKLIK

ID: 4124

12.11.2025

58

Savol:

Assalomu alaykum. Men bir odam bilan sherikchilikda dehqonchilik qilmoqchimiz. U menga, "Sen menga erni sotib olib ber, men qolgan xarajatlarni qilaman", dedi. Biz u erga bug'doy va keyin makkajo'xori ekishni rejalashtirdik. Shunday sherikchilik joizmi? O'zi aslida dehqonchilikda sherikchilik qilish qanday bo'ladi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Bunday sherikchilik joiz bo'lishi uchun avvalo siz erni sotib olib, unga to'liq egalik qilishingiz lozim. Shundan so'ng, siz er egasi sifatida, sherigingiz esa dehqon sifatida muzora'a shartnomasini tuzasiz. Muzora'a bu – chiqqan hosilni o'zaro kelishilgan aniq nisbatda, masalan 50/50 yoki 60/40 shaklda taqsimlashga asoslangan bitimdir. E'tiborli joyi shundaki, hosildan olinadigan ulush foizda aniq belgilanishi va er sizning mulkingiz bo'lishi kerak. Agar sherigingiz qolgan barcha xarajatlarni, jumladan, urug'ni ham o'zi ta'minlasa, bu ham durust. Ushbu tartibga rioya qilinsa, sherikchiligingiz shar'an joiz bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar