REAL SAVDO TURI JOIZMI?

ID: 7311

12.02.2026

28

Savol:

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda "REAL" savdo turi joizmi? Bunda maxsulot egasi o'z mahsulotini magazinga tashlab ketadi. Men uni sotib olmayman. Ammo uning ustiga foyda qo'yib sotaman. Shu ishim joizmi?

Javob:

Va alaykum assalom. Dinimizda inson hali o'zi mulk qilib olmagan yoki egalik huquqi to'liq o'tmagan narsani sotishi aslida joiz emas, biroq siz aytgan holatda mahsulot egasi bilan oldindan "vakillik shartnomasi" (agentlik kelishuvi) tuzib olish orqali bu muammo hal etiladi. Bunda siz mahsulotning mulkdori emas, balki uni sotib beruvchi ishonchli vakili sifatida ish ko'rasiz va egasi tomonidan berilgan ruxsat asosida uning ustiga foyda qo'yib sotishingiz shar'an halol bo'ladi. Siz mahsulot egasi bilan narx va foyda miqdorini aniq kelishib olishingiz lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar