Yuzga surma (krem) qo‘yilgan holda tahorat olsa o‘tadimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ayollar yuzlariga krem surtgan bo‘lsa va labiga lab bo‘yoq surtgan bo‘lsalar bu holatda qilingan tahorat joiz bo‘ladi.
Xuddi shuningdek badanga turli yog‘lar va kremlar surtilsa, bu holatda qilingan tahorat joiz bo‘ladi, agarchi badan yog‘ surtilgandan so‘ng suvni qabul qilmay qolsa ham.
وَإِذَا دَهَنَ رِجْلَيْهِ ثُمَّ تَوَضَّأَ وَأَمَرَّ الْمَاءَ عَلَى رِجْلَيْهِ فَلَمْ يَقْبَلْ الْمَاءَ لِمَكَانِ الدُّسُومَةِ جَازَ الْوُضُوءُ .
ya’ni: “Bir kishi ikki oyog‘iga yog‘ surtib, so‘ng tahorat qilsa va oyoqlari ustidan suv yuritsa-yu, oyoqlari yog‘langanligi uchun suvni qabul qilmasa, tahorati joiz bo‘laveradi” ("Fatovoi hindiya" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.