YURAK SOLDIRISH HAQIDA.

ID: 2789

25.09.2025

212

Savol:

Assalomu alaykum .Odam biror narsadan qoʻrqib ketsa,"yurak soldirish "mumkinmi.Mumkin boʻlmasa nima qilish kerak.

Javob:

Va alaykum assalom. Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda yurak tushish yoki yurak ko‘tarish degan narsa yo‘q, balki bu narsa tibbiyotga taalluqli masala. Bu xususda mutaxassis doktorlarga murojaat qilish kerak, yurakka quvvat bo‘ladigan mahsulotlardan iste’mol qilish lozim.

Shunday bo‘lsada bemorlarga Qur’on oyatlarini o‘qib dam solish bor. Bunday bemorlarni mutaxassislarga ko‘rsatilish bilan bir qatorda unga dam solish ham tez orada shifo topishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar