TUGRI HAYOT

ID: 3643

27.10.2025

72

Savol:

Dinimizda semizlik qoralanganmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Dinimizda tabiiy semizlik qoralanmaydi. Ammo noto‘ri ovqatlanish, nafsni tiymaslik, to‘yganidan keyin ham to‘xtamasdan yeyish qoralanadi. Ovqatlanishda me’yor va rejimga amal qilish lozim. Ovqatlanishda oshqozonni uchga bo‘lib, bir qismiga suv, ikkinchi qismiga havo, uchinchi qismiga ovqatlanish lozim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) : “Inson uchun qaddini tutib turadigan ovqatlanish kifoya qiladi. Agar juda lozim bo‘lsa, qorinning uchdan biriga taom, uchdan biriga suv va uchdan biriga havo bo‘lsin”. ( Termiziy rivoyati). Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyat qilgan boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Inson qornidan yomonroq idishni to‘ldirmaydi, odam bolasiga belni qoim qiladigan kichik luqma kifoyadir. Bas, qorinning uchdan biri taom, biri suv va qolgani nafas uchundir», deganlar. Shunday ekan, imkon qadar semirib ketishdan saqlanish, vaqti vaqti bilan och qolish, ro‘za tutib nafsni jilovlash kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar