YOUTUBE TARMOG'I ORQALI PUL TOPISH

ID: 6632

27.01.2026

100

Savol:

men 2d animatsiyasi yani multfilm korinishdagi video rolik tayorlab youtubega qoyib pul ishlamoqchiman. Shu faoliyatim orqali topmoqchi bolgan pulim menga halol boladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bismillahir Rohmanir Rohim. Kino va multfilm ishlab chiqarishda kompюter grafikasidan foydalanish masalasida zamonamiz ulamolari turlicha fikr bildirganlar. Ba'zi ulamolar shariatimizda insonni, jonli narsalarning suratini to'la holda chizish taqiqlangani e'tiboridan uni joiz emas, deyishgan. Ushbu ulamolar o'z so'zlariga Imom Muslim va boshqa bir qancha muhaddislar rivoyat qilgan rasm chizishning mumkin emasligi borasidagi hadislarni dalil qiladilar. Jumladan, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni Allohning huzurida eng qattiq azobda bo'ladigan odamlar musavvirlardir”, – deganlar. Bu mazmundagi hadislar ko'plab sahobalar tomonidan rivoyat qilingan bo'lib, ularga ko'ra jonli narsalarning suratini chizishga izn yo'qligi, odamlar o'sha suratlarni iloh qilib olishlari xavfi borligi, natijada e'tiqodiy buzilishlar юzaga kelishi aytib o'tilgan. Ayniqsa, jonli narsalarning suratini chizishda inson Allohning yaratganiga o'xshatishga urinish ma'nosi borligi hadislarda ochiq ta'kidlangan. Shuningdek, zamonamizdagi ko'pchilik ulamolari kompюter grafikasidan foydalanish joiz ekaniga fatvo berganlar. Ushbu ulamolarning ta'kidlashlaricha, kompюter grafikasi orqali yaratilgan surat – fotosurat va kinematografik suratlar kabidir. Zero, bularning barchasida aks olish va uni elektron ekranda namoyon qilish bor. Qolaversa, bunda inson tomonidan Alloh taolo yaratgan narsaga o'xshatishga urinish, unday narsalarga ibodat qilish ma'nosi ham yo'q. Elektron foto xuddi oynaga aks tushgandek gap. Faqat bu erda tasvirning aksi oynada zabt bo'lib qolmaydi, balki fotoda zabt bo'lib, uni qog'ozga chiqarish mumkin bo'ladi. Misrning fatvo hamda Islomiy tadqiqotlar uюshmasining ulamolar Kengashi 2010 yil dekabr oyida bo'lib o'tgan o'n ikkinchi majlisida “Islom ahkomlari va odoblarini ta'lim berishda qo'llaniladigan animaцion rasmlarning hukmi”ga doir 161-sonli Qarorini e'lon qilgan. Unda musulmon yoshlarni ta'lim-tarbiyasi hamda islomiy madaniyatini rivojlantirishda elektron rasmlarni yaratish joiz ekani ta'kidlangan. Xulosa qilib aytganda, zamonamizning ko'pchilik ulamolari e'lon qilgan fatvo – kompюter grafikasidan foydalanishning joiz ekani dalil jihatdan quvvatli va zamon ruhiga mos sanaladi. Чunki hozirgi paytda dinimiz dushmanlari tomonidan kompюter grafikasidan keng foydalangan holda olomoncha madaniyatini singdirish uchun tizimli ishlar amalga oshirilayotgan bir paytda musulmonlar tomonidan dinimiz me'yorlariga to'la mos keluvchi film va multfilmlar yaratish bugungi kunning zaruratiga aylanmoqda. Ayniqsa, buюk va namuna bo'lgan tarixiy shaxslarning ibratli hayoti, Islomdagi odob-axloq, ta'lim-tarbiya, ilm-fanga targ'ib va ezgu g'oyalarni shakllantiruvchi obrazlarni yaratish yoshlarimizning e'tiqodi va axloq me'yorlarini saqlab qolishga xizmat qiladi. Bundan topgan pulingizga kelsak, agar saytda, (telegramm, Youtube, instagramm) fahsh suratlar, videolar, Alloh harom qilgan ichkiliklar, tamaki mahsulotlari va inson hayotiga xavf soladigan narsalar reklama qilinmasa, sayt orqali reklama berib, pul topish joiz. Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qilgan:

وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى وَلَا تَعَاوَنُوا عَلَى الْإِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

ya'ni: «Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilinglar, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmanglar! Allohdan qo'rqinglar! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir» (Moida surasi, 2-oyat).

Shuni ham eslatib o'tish lozimki, Shariatimizning ushbu hukmi nafaqat reklamalar e'lon qilishingiz, balki, sayt юritishdagi faoliyatingizga ham taalluqlidir. Vallohu a'lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar