Agar qiz bilan yigit diniiy bilimlarini almashish maqsadida suhbatlashishi, to‘g‘rirog‘i telegram, ijtimoiy tarmoq orqali diniy savol-javoblar yozishishi mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Qiz bilan yigit yolg‘iz qolgan holatlarida garchi virtual olamda bo‘lsa ham suhbatlashishlari mumkin emas. Ularning uchinchisi shayton bo‘ladi va fitna kelib chiqadi. Fuqaholarimiz qadimdan:
الغاية لا تبرر الوسيلة
ya’ni: “Maqsad vositani oqlamaydi”, — degan qoidani zikr qiladilar. Ya’ni, sizning dinni, shariatni o‘rganish borasidagi xayrli maqsadingiz shariatda harom qilingan nomahram kishi bilan xufyona suhbatlashishingizni oqlamaydi, uni halol qilib qo‘ymaydi. Shuning uchun shariatni kitob o‘qish, ilm ahllarining darslarini tinglash, ularning diniy mazmundagi savollarga bergan javoblarini o‘rganish bilan o‘zlashtiring. Buning uchun hozirda hamma halol vositalar yetarli. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.