Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Men Andijon viloyati Marhamat tumanidan To‘lanov Valijonman. 1- savol Qanday holatda farzand yetim hisoblanadi? Masalan:Mening katta qizim qo‘shni davlatga turmushga chiqib,ayrim sabablarga ko‘ra ajrashib ketti,va O‘zbekistonga kelib o‘g‘il farzand ko‘rdi.Otasi habar olmadi,aloqa ham yo‘q. Shu bola 5 yoshga kirganda qizim 2-marta boshqa odamga turmushga chiqdi va 2 ta qiz farzand ko‘rdi.Hozirda birga yashamoqdalar. Shu qizimning 1- ro‘zg‘oridan bo‘lgan o‘g‘li yetim hisoblanadimi?
Yo‘q, mazkur bola yetim hisoblanmaydi. Chunki shariatda faqat otasi vafot etgan va hali balog‘at yoshiga yetmagan go‘dakkina "etim" deyiladi. Sizning vaziyatingizda bolaning otasi hayot, garchi u farzandi oldidagi otalik burchini bajarmayotgan bo‘lsa ham, bu holat bolani shar’iy yetimga aylantirmaydi.