O‘n olti oylik emizikli farzandim bor, ammo hozirda olti haftalik homilam ham bor. Katta farzandimni sutdan ajratsam bo‘ladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Agar bolaga zarar qilmasa, ota-ona o‘zaro maslahat qilib ikki yildan avval ham uni sutdan ajratishlari joiz. Bu haqida Qur’oni karimda shunday deyiladi:
فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَن تَرَاضٍ مِّنْهُمَا وَتَشَاوُرٍ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا
ya’ni: "Agar ota-ona o‘zaro kelishib, maslahat bilan (bolani sutdan) ajratmoqchi bo‘lsalar, gunohkor bo‘lmaydilar" (Baqara surasi, 233-oyat). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.