YARIM AVTOMAT MASHINADA KIYIMLARNI POKLASH

ID: 6156

16.01.2026

113

Savol:

Yarim avtomat kir юvish mashinasida юvilgan kiyimlarning hukmi qanday? Masalan, birorta kiyimda najosat bo'lsa, shu najosat boshqa kiyimlarni va kir mashinadagi suvni ham nopok qilmaydimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bunday holatda kiyimdagi najosat suvga o'tgani uchun, o'sha suv va unga solingan boshqa kiyimlar nopokka aylanadi. Ammo юvish jarayonidan so'ng barcha kiyimlar toza suvda 3 marotaba yaxshilab chayilib, siqilsa va najosatning belgilari qolmasa, ular to'liq poklanadi. Shuning uchun, yarim avtomat kir mashinasidan foydalanishda, asosiy e'tiborni kiyimlarni toza suv bilan yaxshilab chayib olishga qaratish lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar