Assalomu alaykum wa rakhmatullohi wa barokatuh. Biz yangi uy olgandik va Uydagilar "Movlud" o'qitishdi. Bu dinimizda bormi?
Va alaykum assalom. Albatta bor. Qur’onda Rasululloh s a vga salovot aytishga amr bor. Nabiy s a v ning o‘zlari ham bu ishga undaganlar. Ulamolarimiz bu ishni to‘g‘ri deganlar.Ular mavludga qarshi chiqadiganlardan ko‘ra ilmsiz emaslar deyishgan. Hofiz Suyutiydan rabi’ul avval oyida mavludin nabiy qilish haqida,uning shar’iy hukmi,bu ish yaxshimi,yomonmi,qilgan odamga savob bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida so‘raldi. U kishi qo‘yidagi javobni berdi: Aslida odamlarning jamlanib,muyassar bo‘lganicha Qur’on tilovat qilishlari, Nabiy s a vning risolatlari avvalida ro‘y bergan xabarlarni,u zotning tug‘ilishlarida sodir bo‘lgan mo‘’jizalarni rivoyat qilishlari,agar oxirida ularga yegulik ulashilib,bunga boshqa narsalar ziyoda qilinmay tarqalib ketadigan bo‘lsalar,bid’ati hasanadir.Uni qilgan odamga Nabiy s a vni ulug‘lagani,u zotning mavludlari munosabati ila xursandchilik izxor qilgani uchun savob beriladi deganlar.