Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Mahsimning tag qismi ozroq, taxminan 1 sm atrofida, yirtilganligi sababli kosibga yamatgandim. Shu mahsidan foydalansam bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Ha, ushbu yamalgan mahsidan foydalanishingiz va unga mash tortishingiz joiz. Chunki mahsidagi yirtiq yamalgan bo'lsa yoki uning kattaligi oyoqning uchta kichik barmog'i sig'adigan miqdordan oz bo'lsa, ibodatga monelik qilmaydi. Vallohu a'lam.