Erkaklar bavl qilgandan keyin istibro qilishini bilamiz. Ayollarga ham shundaymi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
"Istibro"ning vojibligi faqat erkaklar uchundir. Ayollar bavl qilgandan keyin biroz turib, siydikdan to‘liq forig‘ bo‘lgach istinjo qilsa bo‘ladi.
و فيها ان المراة كالرجل الا في الاستبراء فانه لا استبراء عليها بل كما فرغت تصبر ساعة لطيفة ثما تستنجي
"Tahorat masalalarida ayollar ham erkaklar kabidir. Illo istibro masalasi bundan mustasno. Chunki, ayollar istibro qilmaydi balki, bavldan forig‘ bo‘lgach (ya’ni bavldan to‘liq forig‘ bo‘lganligiga ishonch hosil qilgach) istinjo qilishi mumkin". (Roddul Muhtor 1 jild, 557 bet). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.