TAHORATDA SUV O'RNIGA NAM SALFETKADAN FOYDALANISH

ID: 9784

24.03.2026

537

Savol:

Assalomu aleykum, men evropa davlatlarida юk mashina xaydovchisi bulib ishlayman va aksariyat xolatlarda taxorat olishda sovuk suv buladi, sovuk suv urniga vlajnыy salfetka ishlatsam joizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Tahoratda a'zolardan suv oqishi farz bo'lgani uchun nam salfetka bilan artish tahorat o'rniga o'tmaydi. Agar suv salomatlikka jiddiy xavf tug'diradigan darajada sovuq bo'lsa va uni isitishning mutlaqo iloji bo'lmasa, faqat o'shanda tayammum qilishga ruxsat beriladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, musulmon kishi ibodat masalasida o'zi uchun doim oldindan sharoit hozirlab olishi lozim. Hozirgi kunda termoslarda issiq suv olib юrish imkoni bor. Farzni ado etish uchun shunday choralarni ko'rish kerak. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar