XALOL XAROM MASALASI

ID: 2996

02.10.2025

321

Savol:

Assalomu aleykum, savolim shundan iboratki tibbiyotda ishlatiladigan bazi dori vositalari tarkibida xususan "Kreon" (ovkat xazm kilish uchun) da chuchkadan olingan fermentlar bor ekan, shu yoki shunga uxshash dorilarni istemol kilsa buladimi? Javob uchun oldindan Raxmat, Allox rozi bulsin

Javob:

Harom narsa bilan davolanish mumkin emas. Biroq, agar tarkibida harom modda bo‘lgan dorining shifo ekanini tajribali shifokor tasdiqlasa va undan boshqa halol muqobil davo vositasi topilmasa, zarurat yuzasidan uni ishlatishga ruxsat etiladi. Bunda, davolanish zarurati va boshqa halol dorining yo‘qligi asosiy shart hisoblanadi.

Alloma Haskafiy rahimahulloh mazhabimizda harom bilan davolanish joiz emasligini bayon qilib, “Hoviy” kitobidan naql qiladilar: “Ba’zi qavllarga ko‘ra harom narsada shifo borligi ma’lum bo‘lsa va boshqa davo (dori) topilmasa, harom bilan davolanishga ruxsat beriladi. Bu xuddi chanqoqdan o‘lar holatga kelgan kishiga may ichishga ruxsat berilgani kabidir. Fatvo shungadir” (“Durrul-muxtor” kitobi).

Alloma Ibn Obidiyn rahimahulloh yuqoridagi so‘zlarni sharhlab, harom moddada shifo borligi aniq bo‘lmasa, u bilan davolanish joiz emasligini aytadilar. Lekin o‘sha moddada shifo borligi tabib o‘tkazgan ko‘p tajribalardan ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, bu gumoni g‘olib kelgan tabibning so‘zi sifatida e’tiborga olinadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar