Assalomu alaykum. 1) Tahoratga doir savolim bor edi. Mukammal istibrodan keyin ozgina najas kelsa va zakar uchida ignani uchiday najas ko‘rinsa lekin atrofiga tarqalmasa birozdan keyin yo‘qoladi shunda tahorat buziladimi? 2) Bu holatni yaqinda bildim, endi vasvasaga tushyapman oldin ham shunday holat bo‘lgan bo‘lsachi deb, o‘qigan namozim nima bo‘ladi ? Javob uchun oldindan rahmat.
Fiqhga ko‘ra, old va orqa yo‘llardan najasning oqmasdan, shunchaki chiqish joyida ko‘rinishining o‘zi ham tahoratni buzadi. Shu sababli, igna uchidek najas ko‘rinishi ham tahoratingizni sindiradi. O‘tgan namozlaringizga kelsak, agar o‘sha vaqtda najas chiqqanini aniq bilmagan bo‘lsangiz, ular durust hisoblanadi, chunki hozirgi gumon o‘tgan aniq narsaga ta’sir qilmaydi. Vasvasaga parvo qilmang. O‘qigan namozlaringiz durust.