Ustoz vafot etgan mayitni kiyimlarni yoqib yuborish joizmi
Bismillahir Rohmanir Rohim. Vafot etgan kishining qoldirgan mol mulklari va ashyolari merosxo‘rlar o‘rtasida shariat ko‘rsatmasiga ko‘ra to‘g‘ri taqsimlanishi kerak. Shuning uchun, mayyitni kiyimlarini yoqib yuborish, to‘g‘ri kelgan kishiga tarqatish shariatga ziddir (yuqumli kasallik, foydalanib bo‘lmaydigan darajada yaroqsiz holga kelish holatlari bundan mustasno). Meros molini to‘g‘ri kelgan kishi olib ketishi birovning molini nohaq yeyishdir. Shu bilan birga, meros mollari qatori mayyitning kiyimlari ham merosga haqli bo‘lganlar o‘rtasida taqsim qilinishi, so‘ngra ular o‘zlari rozi bo‘lib kimgadir hadya sifatida berishlari mumkin. Vallohu a’lam.