XAYOLDAN O‘TGAN TALOQ HUKMI

ID: 3905

04.11.2025

214

Savol:

Assalomu alaykum. Men ayolim bilan nikoh o‘qitgan edim. Bir muddat boshqa viloyatga ketishga majbur bo‘ldim va biz tortishib qoldik. Ayolimning gaplaridan jahlim chiqdi. Shunda hayolimdan taloq o‘tdi, ammo men uning o‘ziga aytmadim. Shunchaki taloq holati ichimdan o‘tdi. Bunday holatda taloq tushadimi? Javob uchun rahmat.

Javob:

Va alaykum assalom. Taloq tushishi uchun uni til bilan aniq talaffuz qilish yoki yozma ravishda ifodalash shart. Shunchaki xayoldan o‘tgan, tilga chiqarilmagan yoki ichdan o‘tgan gap bilan taloq tushmaydi. Zero, inson faqat gapirgan yoki amal qilgan ishi uchungina shar’an javobgar bo‘ladi. Xotirjam bo‘ling, bu holatda nikohingizga putur yetmagan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar