NAMOZXONNING OLDIDAN KESIB O‘TISH

ID: 323

04.04.2025

11

Savol:

"Kichik masjid"ning hajmi haqida tushuncha bersangiz. Juma o‘qiladigan mahallaning jomye masjidi - bu kattami yoki kichikmi? "Kifoya" kitobidan - "kichik masjidda namozxonning oldidan o‘tish ila gunohkor bo‘linadi" deb yozilgan. Yana shu kitobda "...ammo undan boshqa joyda sajdagohiga nazar solib o‘qiyotgan namozxonning ko‘zi yetadigan joydan o‘tgan gunohkor bo‘ladi. Bu holatda ko‘zi yetadigan joy sajda qiladigan joy bo‘ladi..." deyilgan.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bu haqida Raddul muhtor kitobida shunday deyiladi:

( قَوْلُهُ وَمَسْجِدِ صَغِيرٍ ) هُوَ أَقَلُّ مِنْ سِتِّينَ ذِرَاعًا ، وَقِيلَ مِنْ أَرْبَعِينَ ، وَهُوَ الْمُخْتَارُ كَمَا أَشَارَ إلَيْهِ فِي الْجَوَاهِرِ قُهُسْتَانِيٌّ

Kichik masjid - 60 ziro (taxminan 30 m), muxtor qavlga ko‘ra 40 ziro (taxminan 20 m) dan kamroqdir. "Javohiri Quhstoni" kitobida shunga ishora qilingan ("Raddul muhtor" kitobi). Ya’ni, muxtor qavlga ko‘ra to‘rt tomoni 5 m.dan bo‘lgan masjid kichik masjiddir. Bundan kattasi esa katta masjid hisoblanadi.

وَحَاصِلُ الْمَذْهَبِ الصَّحِيحِ أَنَّ الْمَوْضِعَ الَّذِي يُكْرَهُ الْمُرُورُ فِيهِ هُوَ أَمَامَ الْمُصَلِّي فِي مَسْجِدٍ صَغِيرٍ وَمَوْضِعُ سُجُودِهِ فِي مَسْجِدٍ كَبِيرٍ أَوْ الصَّحْرَاءِ (درر الحكام) قَالَ مَشَايِخُنَا : إذَا صَلَّى رَامِيًا بَصَرَهُ إلَى مَوْضِعِ سُجُودِهِ فَلَمْ يَقَعْ بَصَرُهُ عَلَيْهِ لَمْ يُكْرَهْ وَهُوَ الصَّحِيحُ . كَذَا فِي الْخُلَاصَةِ وَهُوَ الْأَصَحُّ . (الهندية)

Mazhabdagi sahih gap shuki, kichik masjidda namozxonning oldidan (toki devorgacha) o‘tish makruh, katta masjid va sahroda sajda joyidan o‘tish makruhdir ("Durarul hukkam" kitobi).

Ulamolar aytadilar: Sajda joyiga nazar tashlab namoz o‘qiganda, uning ko‘z qiri tushmaydigan joydan o‘tsa, makruh bo‘lmaydi. Mana shu sahih. Xulosa kitobida shunday kelgan, mana shu to‘g‘riroqdir ("Hindiya" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar