KANALGA ODAM QO'SHIB PUL ISHLASH

ID: 6590

26.01.2026

94

Savol:

Assalomu alaykum. Bir guruh kanalini rivojlantirish maqsadida, a'zolar sonini ko'paytirish uchun pullik tanlov joriy qildi. Unga ko'ra, kim ko'p odam qo'shsa, pul mukofoti oladi. Qo'shilgan odamlarning ba'zilari bundan xabardor, ba'zilari esa bexabar. Men xabarsiz odamlarni qo'shib olgan pulim joizmi?

Javob:

Va alaykum assalom. Ushbu shaklda pul topish joiz emas. Chunki bu ishda ikkita man qilingan jihat mavjud. Birinchidan, aniq belgilangan xizmat haqi emas, balki «kim ko'p odam qo'shsa, o'sha mukofot oladi» degan mavhum shart asosida ishlash qimor aralashgan kelishuv hisoblanadi. Ikkinchidan, odamlarni o'z roziligisiz turli guruhlarga qo'shish ularga aziyat berish va vaqtlarini zoe ketkazishdir. Dinimizda esa musulmonlarga ozor berishdan qattiq qaytarilgan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar